36
II BOB.
ELEKTRON JADVALAR
36
2-USUL:
1) sichqonchaning o‘ng tugmachasi ish stolining bo‘sh qismiga bosiladi;
2) kontekst menyudan “Создать” bo‘limi
tanlanadi;
3) hosil bo‘lgan ro‘yxatdan “Лист Microsoft Excel” ko‘rsatmasi tanlanadi.
1
Microsoft Excel dasturida yaratilgan fayllar .xlsx kengaytmasiga ega. MS Excel
dasturini
ishga tushirganda, avtomatik ravishda hosil qilingan yangi hujjat
ishchi
kitob
deb nomlanadi.
Har bir ishchi kitob
ishchi varaq
– “Лист”lardan iborat. Varaq jadval
shaklida bo‘lib, undan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun foydalaniladi.
Yaratilgan
ish kitobining barcha varaqlari bitta faylda saqlanadi.
MS Excel dasturi ishga tushirilgach, ekranda dastur interfeysi paydo bo‘ladi.
Dastur interfeysi
MS Office paketining boshqa dastur interfeyslariga o‘xshaydi.
Dastur interfeysi qanday elementlardan tashkil topgan?
3-USUL:
Sichqonchaning chap tugmachasi ish stolida yoki masalalar panelida joylashgan
Microsoft Excel dasturining belgisi ustida ikki marta tez bosiladi.
37
37
1
2
3
4
5
6
7
8
1.
Sarlavhalar satri
tezkor tugmalar paneli
(1) + fayl va dastur nomi +
oynani boshqaruvchi
tugmachalardan (2) iborat.
2.
Menyular satri
(3) “Файл”, “Главная”, “Вставка”, “Разметка страницы”, “Формулы”,
“Данные”, “Рецензирование”, “Вид”, “Справка” kabi bo‘limlardan iborat. Ular yordamida
elektron jadval yaratish hamda unga qayta ishlov berish amallari bajariladi.
3.