• I BOB. AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI UYGA VAZIFA
  • II bob. ELEKTRON JADVALLAR 10-dars. ELEKTRON JADVALNING VAZIFALARI VA IMKONIYATLARI TAYANCH TUSHUNCHALAR Monitoring
  • Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021




    Download 27,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/153
    Sana19.05.2024
    Hajmi27,94 Mb.
    #244031
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   153
    Bog'liq
    10-sinf yangi

    MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR
    1. Arxivatorlar nima va undan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
    2. Kodeklar nima va ulardan qanday maqsadda foydalaniladi?
    3. Konvertorlarni qo‘llashdan maqsad nima?
    4. Audiokonvertorlarga ta’rif bering va misollar keltiring.
    5. Videokonvertorlardan nima maqsadda foydalaniladi va ularning qanday turlari 
    mavjud?


    34
    I BOB. 
    AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI
    UYGA VAZIFA
    1. Suratlaringizni WinRAR arxivatori yordamida arxivlang.
    2. AIMP pleyerida MP3 formatdagi faylni FLAC formatiga o‘tkazing va FLAC formatini 
    qayta MP3 formatiga konvertatsiya qiling. Natijalarni taqqoslang.
    3. Any Video Convertor dasturida ixtiyoriy formatdagi videofaylni boshqa ixtiyoriy 
    formatga konvertatsiya qiling.
    4. AVS Document Converter dasturida .pdf formatli faylni .docx formatiga o‘zgartiring.


    35
    35
    II bob. ELEKTRON JADVALLAR
    10-dars. ELEKTRON JADVALNING VAZIFALARI VA 
    IMKONIYATLARI
    TAYANCH TUSHUNCHALAR
    Monitoring
    – atrof-muhit hamda 
    jamiyatda sodir bo‘layotgan 
    hodisa va jarayonlarni doimiy 
    ravishda kuzatib borish tizimi.
    Odamlar bajarayotgan ishlari ustidan doimo 
    monitoring olib borishadi. Uning natijalari jamiyat va 
    iqtisodiyot obyektlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 
    takliflar hamda qarorlarni asoslash uchun xizmat 
    qiladi. Monitoring olib borishda elektron jadvallardan 
    foydalanish yaxshi samara beradi. Elektron jadval 
    deganda, asosi jadvaldan iborat dasturiy ta’minot 
    tushuniladi. Elektron jadvallarga matn va raqamli ma’lumotlarni kiritish, formulalar yordamida 
    esa ushbu ma’lumotlar ustida hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari
    elektron jadvaldan grafik va diagrammalar yaratishda ham foydalaniladi. 
    Jadval protsessorlari katta hajmdagi sonli ma’lumotlardan iborat turli ko‘rinishlar (statistik, 
    moliyaviy va buxgalterlik hisobotlari)ni yaratish, ularni qayta ishlash imkoniyatlarini beradi. 
    Odatda, bunday jadval protsessorlari 
    elektron jadval
    deb ataladi. Foydalanuvchi ish faoliyatini 
    tashkil etishda o‘zi uchun qulay elektron jadvaldan foydalanadi. Elektron jadvallar ko‘p 
    jihatdan bir-biriga juda ham o‘xshash, shuning uchun ulardan birining ishlash prinsipini 
    o‘rganish orqali boshqa dasturlar bilan ishlashni o‘rganish mumkin. 
    Bob yordamida MS Excel dasturida elektron jadvallar yaratish, ularni qayta ishlash bo‘yicha 
    bilim va ko‘nikmalar hosil qilinadi. 
    1982-yilda Microsoft kompaniyasi “Multiplan” deb nomlangan birinchi jadval protsessorini 
    ishlab chiqdi. “Multiplan” CP/M operatsion tizimida qo‘llash bo‘yicha mashhur bo‘lsa-da, 
    MS-DOS operatsion tizimida foydalaniladigan “Lotus 1-2-3” dasturidan sezilarli darajada 
    ortda qolardi. Excelning birinchi ko‘rinishi Mac operatsion tizimi uchun 1985-yilda, Windows 
    operatsion tizimi uchun esa 1987-yilning noyabr oyida ishlab chiqildi. 1993-yildan boshlab 
    Excel dasturiga Visual Basicning qo‘shilishi Excel vazifalarini avtomatlashtirish imkoniyatini 
    yaratdi.
    Elektron jadval yaratish uchun dastlab MS Excel dasturi ishga tushiriladi.

    Download 27,94 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   153




    Download 27,94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021

    Download 27,94 Mb.
    Pdf ko'rish