46
II BOB.
ELEKTRON JADVALAR
46
13-dars. ELEKTRON JADVALLARDA MATEMATIK
VA MATNLI FUNKSIYALARNI QO‘LLASH
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Funksiya
– ayrim hisoblash amallari
avtomatik
ravishda bajarilishi uchun
oldindan yaratib qo‘yilgan formulalar.
Argument
– funksiya tarkibidagi
qiymat, katak manzili,
kataklar
diapazoni.
MS Excel dasturida foydalanuvchiga matematik
va statistik hisob-kitoblar,
matnli va mantiqiy
amallarni bajarish, shu bilan birga,
ishchi
varaqdagi ma’lumotlarga qayta ishlov berish
imkoniyatini beruvchi turli xil funksiyalar mavjud.
Elektron jadval funksiyalari maxsus ko‘rsatma
bo‘lib, ular yordamida hisob-kitob amallari
bajariladi. Funksiyalarni
kiritishda argumentlar
ko‘rsatilishi shart.
Funksiyaning argumentlari – funksiyani
hisoblash uchun foydalaniladigan ma’lumotlardir. Ular funksiya nomidan keyin qavs ichida
yoziladi. Funksiya
argumentlari sifatida raqam, matn, katak yoki kataklar diapazoni ishlatilishi
mumkin.
Masalan:
=КОРЕНЬ(A1)
Bu yerda “Корень” – funksiyaning nomi, A1 – argument.
Agar funksiya bir nechta argumentga ega bo‘lsa, u holda har bir argumentdan so‘ng
vergul
qo‘yiladi. MS Excel dasturida 400 dan ortiq funksiya mavjud. Funksiyani kiritish uchun kerakli
katak belgilab olinadi, klaviaturadan “=”
belgisi kiritiladi, so‘ngra formulalar satrida joylashgan
“Мастер функций” buyrug‘i tanlanadi. Hosil bo‘lgan oynada MS Excel dasturida mavjud
funksiya sinflarining ro‘yxati paydo bo‘ladi.