• KATAKKA MUROJAAT ETISH USULLARI Murojaat
  • Absolyut murojaat.
  • II BOB.  ELEKTRON JADVALAR




    Download 27,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/153
    Sana19.05.2024
    Hajmi27,94 Mb.
    #244031
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   153
    Bog'liq
    10-sinf yangi

    II BOB. 
    ELEKTRON JADVALAR
    40
    Foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra katakdagi ma’lumotlar joylashuvini o‘zgartirishi mumkin. 
    Ushbu vazifalarni bajarish “Главная” (3) – “Выравнивание” (4) buyruqlari yordamida 
    amalga oshiriladi:
    3
    4
    Katakka formula joylashtirilgach, “Enter” tugmachasi tanlanadi. Tugmacha bosilganda
    katakda formulaning o‘zi emas, balki shu formula asosidagi hisob-kitoblar natijasi bo‘lmish 
    ma’lumot (5)
     
    hosil bo‘ladi. Ushbu katakdagi formulani formulalar satrida (6) ko‘rish va 
    tahrirlash mumkin.
    5
    6
    MS EXCEL DASTURIDA KATAK FORMATI
    MS Excelda elektron jadvali yaratilgach, foydalanuvchi uchun o‘z xohishiga ko‘ra katak 
    formatini o‘zgartirish imkoniyati ham mavjud. Yaratilgan jadval dizayni bejirim, o‘qish uchun 
    qulay bo‘lishi uchun kataklar formati o‘zgartiriladi. 
    Katak formatini o‘zgartirish uchun “Формат ячеек” dialoglar oynasi ishga tushiriladi. Bunda 
    quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
    1) kerakli katak faollashtiriladi hamda kontekst menyudan “Формат ячеек” buyrug‘i 
    tanlanadi;
    2) “Главная” – “Ячейки” – “Формат” – “Формат ячеек” buyruqlari ketma-ketlikda 
    tanlanadi.
    KATAKKA MUROJAAT ETISH USULLARI
    Murojaat 
    – formula kiritishda kerak bo‘ladigan obyekt (katak, satr, ustun, katak diapazoni) 
    manzili. 
    Formulalarni kiritishda uch xil murojaatdan foydalanish mumkin. 


    41
    41
    Лист1!F15 – “Лист1” nomli ishchi varaqning F15 katagiga nisbiy murojaatni anglatadi.
    Absolyut murojaat.
    Formuladan nusxa ko‘chirilganda, undagi katak manzili o‘zgarmasligi 
    uchun absolyut murojaatdan foydalaniladi. Undan foydalanish uchun, formulani kiritish 
    jarayonida ustun hamda satr nomini kiritishdan avval dollar belgisi ($) yoziladi. Quyida D41 
    katakda joylashgan formuladan D44 katakka nusxa ko‘chirish holati tasvirlangan: 
    Bunda formuladagi $ belgisi satr va ustun nomlari mustahkamligini hamda nusxa 
    ko‘chirishda formulaning o‘zgarishsiz qolishini ta’minlaydi.

    Download 27,94 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   153




    Download 27,94 Mb.
    Pdf ko'rish