39
39
D5
KATAKKA KIRITILADIGAN MA’LUMOT TURI
MS Excel dasturining kataklariga uch turdagi ma’lumotlarni kiritish va ularni tahrirlash
mumkin:
MS Excel dasturi jadval kataklariga kiritilgan ma’lumotlar turini avtomatik
ravishda aniqlashga
harakat qiladi. Formulalarni kiritish “=” belgisi bilan boshlanadi hamda dastur kiritilayotgan
ma’lumotni formula sifatida qabul qiladi.
Dastur kiritilgan ma’lumotlarni raqam sifatida qabul qilgan bo‘lsa,
katakdagi raqamlar
katakning o‘ng tomoniga
(1) joylashadi. Formula va raqam bo‘lmagan barcha ma’lumotlarni
dastur matn sifatida qabul qiladi hamda ular katakning chap tomonida
(2) joylashadi:
1
2
MS Excel 2019 dasturida satrlar soni 1 048 570 tadan, ustunlar soni esa 16 380
tadan
ziyod. Ustun va satrning kesishgan qismiga
katak
deyiladi. Har bir katak o‘z manziliga ega.
Katak
manzilida dastlab ustun nomi, so‘ngra satr raqami ko‘rsatiladi. Masalan: D5, H59,
AA123, … .
Sichqoncha bilan belgilangan katakka
faol katak
, bir necha kataklarni belgilashdan hosil
qilingan maydonga esa
kataklar diapazoni
deyiladi. Kataklar diapazonini ko‘rsatish
uchun
dastlab belgilangan maydonning yuqori chap burchagidagi katak manzili, so‘ngra ikki
nuqta (:) belgisidan keyin quyida joylashgan o‘ng burchakdagi katak manzili yoziladi.
Masalan: A2:B6, G8:U12, … .