I BOB. AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI AVS Document Converter – har xil hujjatni ko‘rish va konvertatsiya qilish
uchun qulay dasturiy ta’minot dasturi. U quyidagi vazifalarni tez va oson
bajarishi mumkin:
– keng qo‘llaniladigan formatlar o‘rtasida fayllar to‘plamini konvertatsiya
qilish: PDF, DOC, RTF, TXT, ODT, HTML, JPEG;
– hujjatlarni qulay muhitda ko‘rish va o‘qish, ularni avtomatik ravishda
konvertatsiya qilish, faqat kerakli sahifalarni chop etish va h. k.
Soft4Boost Document Converter – har xil hujjatlarni ko‘rish va o‘zaro
konvertatsiyalash dasturi. Dastur matnli va grafikli fayllar bilan ishlaydi, ularni
PDF, DOC, DOCX, RTF, TXT, ODT, HTML, JPEG, TIFF va boshqa formatlarga
o‘zgartiradi. Dastur interfeysi intuitiv va qulay. Bir vaqtning o‘zida bir nechta
faylni o‘zgartirish kerak bo‘lsa, unda ommaviy ishlov berish imkoniyati ham
mavjud.
AMALIY MASHG‘ULOT
1. WINRAR ARXIVATORIDA ARXIV FAYL YARATISH 1. Sichqonchaning o‘ng tugmachasi tayyor bo‘lgan papka nomi ustiga bosilib, konteks
menyudan “Add to archive” (
1
) buyrug‘i tanlanadi.
2. Hosil bo‘lgan muloqot oynasida arxiv nomi (
2
), arxiv fotmati (
3
) belgilanib, OK (
4
)
tugmachasi bosiladi.
2. VIDEOFAYLLARNI ANY VIDEO CONVERTER DASTURIDA KONVERTATSIYA QILISH 1. Dastur ishga tushiriladi.
2. (
1
) tugmachasi yordamida kerakli fayl
tanlanadi.
3. Konvertatsiya qilinadigan format turi
tanlanadi (
2
) va “Конвертировать!” (
3
)
tugmaсhasi bosiladi.
33
4. AVS DOCUMENT CONVERTER DASTURIDA .DOCX FORMATLI FAYLNI PDF FORMATIGA O‘ZGARTIRISH 1. Dastur ishga tushiriladi.
2. “Добавит файлы” (
1
) tugmachasi yordamida kerakli fayl qo‘shiladi.
3. Konvertatsiya qilinadigan format turi tanlanadi (
2
) va “Cтapт!” (
3
) tugmachasi
bosiladi.