47
47
“СТЕПЕНЬ” funksiyasi
berilgan sonning kerakli darajasini hisoblash uchun foydalaniladi.
Funksiya sintaksisi:
= СТЕПЕНЬ (“son”; “daraja ko‘rsatkichi”)
Bu funksiyada ikkita argument mavjud: “Son” hamda “Daraja ko‘rsatkichi”.
Son argumenti
o‘rniga sonning o‘zini yoki son joylashgan katak manzilini kiritish mumkin:
48
II BOB.
ELEKTRON JADVALAR
48
Matnli funksiyalar.
MS Excel dasturi matnli
ma’lumotlarni qayta ishlash
imkoniyatini beruvchi turli
funksiyalardan foydalanish imkoniyatiga ham ega. Matnli
funksiyalar faqat matnli ma’lumotlarni
qayta ishlash
bilan chegaralanib qolmay, ularda sonli ma’lumotga ega
kataklar bilan ishlash imkoniyati ham mavjud.
Ulardan
eng ko‘p foydalaniladiganlariga to‘xtalib o‘tamiz.
“ПСТР” funksiyasi
dan katakdagi matnli satrning
belgilangan qismidan ma’lum miqdordagi belgilarni ajratib
olib, ularni yangi katakka yozish uchun foydalaniladi.
Bunda so‘zlar orasidagi bo‘sh joy (probel) ham bitta belgi
hisoblanadi.
Funksiya sintaksisi:
= ПСТР (“Katak manzili”, “Son1”, “Son2”)
Bu yerda: “Katak manzili” – qayta ishlanishi kerak bo‘lgan matnli
satr joylashgan katak
manzili;
“Son1” – kesib olinadigan birinchi belgining joylashgan o‘rni;
“Son2” – kesib olinadigan matnning uzunligi.