59
59
Filtrni joylashtirish “Данные” – “Фильтр” buyruqlari yordamida ham amalga oshiriladi.
Filtr
buyrug‘i tanlangach, Excel jadvalining har bir ustuni sarlavhasi o‘ng qismida belgisi hosil
bo‘ladi.
Saralash
amali bajarilganda, tartiblash amali kabi satrlarning joylashuvi o‘zgarmaydi, faqat
saralash shartlarini qanoatlantirmagan satrlar vaqtinchalik ko‘rinmay qoladi. Saralashdan
keyin hosil qilingan jadvalni formatlash, tahrirlash va chop etish mumkin.
Matnli va sonli ma’lumotlarn saralash uchun bir necha shartlar mavjud:
aniq qiymat asosida
filtrlash; aniq qiymatga ega ma’lumotlarni ajratib olish. Deylik, sinf o‘quvchilari bir necha
turdagi sport to‘garaklariga qatnashadi. Ular orasidan futbol to‘garagiga qatnashuvchi
o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish lozim.
Bajarish tartibi:
1) filtlash buyrug‘ini “Sport to‘garagi”
deb nomlangan katakka
joylashtiring. Filtr buyrug‘ini tanlang. Katakning o‘ng qismida
belgisi paydo bo‘ladi;
2) ochilgan ro‘yxatdan “Выделить все” katakchasidagi belgini olib
tashlang;
3) “Futbol” katakchasini belgilang.
“BIR NECHA SHARTLAR” ASOSIDA FILTRLASH
Filtrlashda murakkab
shartlarni amalga oshirish
uchun “Пользовательский автофильтр” oynasidan
foydalaniladi. Oyna “начинается с..., заканчивается
на..., содержит..., не содержит...”
matnli filtrlardan,
shuningdek, “первые 10…” va “выше (ниже)
среднего”dan boshqa deyarli barcha sonli filtrlardan
foydalanilganda hosil bo‘ladi.
Deylik, kitoblari soni 10 tadan ko‘p va 20 tadan kam
bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish lozim.
Bajarish tartibi:
1) jadvalni hosil qilish. Xohishga ko‘ra,
unga sinfdoshlar
haqida ma’lumot kiritish ham mumkin;
2) filtlash buyrug‘ini “Uyidagi kitoblar soni” deb nomlangan
katakka joylashtirish. Filtr buyrug‘ini tanlash. Katakning
o‘ng qismida belgisi paydo bo‘ladi.
Ushbu belgi
tanlanganda, ro‘yxat paydo bo‘ladi;