MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR 1. Foydalanuvchi grafik interfeysi yordamida figuralar chizish mumkinmi?
2. Python dasturlash tilida grafik obyektlar qanday chiziladi?
3. Grafik obyektlar chizish uchun qaysi maydondan foydalaniladi?
41-dars. AMALIY MASHG‘ULOT Misol. Radiusi tasodifiy qiymatga teng 20 ta doira chizing. Doira ichini ranglar
to‘plamidagi tasodifiy rangga bo‘yang.
from tkinter import *
Kutubxonadan tkinter modulini yuklab oladi.
from random import *
Kutubxonadan random modulini yuklab oladi.
window=Tk()
Tkinter oynasini yaratadi.
ca
nvas=Canvas(window,
width=400, height=400)
canvas.pack()
Eni 400, bo‘yi 400 ga teng Canvas maydonini
yaratadi.
for i in range(1,21):
20 ta siklni tashkil etiladi.
color=choice(['yellow', 'red',
'green', 'blue', 'pink', 'grey', 'purple'])
choice() funksiyasi ranglar kortejidan tasodifiy
rangni tanlab oladi.
x0=randint(0, 300)
X o‘q b
o‘yicha (0, 300) sonlar orasidan tasodifiy
koordinatani tanlab oladi.
y0=randint(0, 300)
Y o‘q bo‘yicha (0, 300) sonlar orasidan tasodifiy
koordinatani tanlab oladi.
d=randint(0, 150)
(0, 150) sonlar orasidan radius uchun tasodifiy
qiymatni tanlab oladi.
canvas.create_
oval(x0,y0,x0+d,y0+d, fill=color)
Tasodifiy tanlab olingan koordinata bo‘yicha
radiusi tasodifiy qiymatga teng, rangi esa ranglar
kortejidan tasodifiy tarzda tanlab olingan doira
chizadi.
142
142
142
142
V BOB. WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI 1. Figuralarni chizish funksiyalaridan foydalanib, uy
rasmini chizing.
2. Figuralarni chizish funksiyalaridan foydalanib,
O‘zbekiston bayrog‘i tasvirini chizing.
3. Figuralarni chizish funksiyalaridan foydalanib,
smaylik shaklini chizing.