153
153
153
153
Dasturning bajarilishi davomida obyektni yoki uning birorta xususiyatini o‘chirish imkoniyati
mavjud bo‘lib, bu vazifa “Del” funksiyasi yordamida amalga oshiriladi.
Sintaksisi:
del obyekt nomi.xususiyat nomi
del
obyekt nomi
obyekt nomi –
obyekt nomi;
xususiyat nomi – o‘chirib yuboriladigan
xususiyat nomi.
Misol.
“p1” obyekti va uning “age” xususiyatini o‘chirib yuboruvchi dastur kodi yozilsin.
class Person:
“Person” sinfi yaratildi.
age=16
“age” xususiyatiga 16 qiymat berildi.
p1 = Person()
“Person” sinfining “p1” obyekti yaratildi.
p1.age=26
“p1” obyektning “age” xususiyatiga yangi qiymat berildi.
print(p1.age)
“p1” obyektning “age” xususiyati chop qilindi.
26
Kod ishga tushirilgach, natija sifatida “age”
xususiyatining yangi qiymati chop qilinadi.
class Person:
“Person” sinfi yaratildi.
age=16
“age” xususiyatiga 16 qiymat berildi.
p1 = Person()
“Person” sinfining “p1” obyekti yaratildi.
del p1.age
“p1” obyektining “age” xususiyati o‘chirildi.
del p1
“p1” obyekti o‘chirildi.
print(p1.age)
“p1” obyektining “age” xususiyati chop etildi.
Traceback (most recent call last):
File
"C:/Users/ZAFAR/AppData/Local/
Programs/Python/Python38/
class.py", line 4, in
del p1.age
AttributeError: age
Kod ishga tushirilgach, xatolik haqida e’lon
beradi. Chunki “p1” obyekti va uning “age”
xususiyati o‘chirilganidan so‘ng, ularni chop
etishning imkoniyati mavjud emas.