156
156
156
156
V BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
EOF
(ingl.
End of function
– funksiya yakuni) xatoligi esa funksiya oxirida qavsni yopish
tushirib qoldirilganda yuzaga keladi. EOF xatoligining muammoli tomoni shundaki, Python
aynan qaysi funksiya yopilmay qolganini ko‘rsata olmaydi va dastur yakuniga ishora qiladi.
Dasturchi dastur kodini sinchiklab ko‘zdan kechirib chiqishiga to‘g‘ri keladi.
Yana bir eng ko‘p yo‘l qoyiladigan sintaksis xatoliklaridan biri bu – “Indentation Error”
xatoligidir. Pythonda, vaziyatga qarab, kod qator boshidan joy tashlab yoki joy tashlamasdan
yoziladi. Agar asossiz joy tashlansa yoki aksincha, kerakli joy tashlanmasa, “IndentationError”
xatoligi yuz beradi.
Yuqoridagi misolda print funksiyasidan oldin qator boshida bo‘sh joy qolganligi uchun
dasturlash muhiti xatolikni aniqladi.
Ba’zi joylarda esa aksincha, bo‘sh joy tashlash yoddan ko‘tarilganligi sababli sintaksis xatolik
yuz beradi. Masalan “if-elif-else” shartlarining, “for”, “while” takrorlash sikllarining yoki “def”
funksiyasining tana qismida bunday xatoliklar kuzatilib turadi.
Python qoidalariga ko‘ra, sintaksis xatolari, odatda, xatolik deb ataladi. Ammo aksariyat
hollarda dastur sintaksis xatosi bo‘lmasa ham, ishga tushirilganidan so‘ng ba’zi xatoliklarga
duch keladi . Bunday xatoliklar
istisno
deb ataladi. Dastur ishlash jarayonida ko‘plab
istisnolarga duch kelishi mumkin.