157
157
157
157
Dasturning bajarilishi jarayonida satr turidagi ‘5’ o‘zgarmasiga son turdagi 5 o‘zgarmasini
qo‘shish mumkin emasligi haqida xatolik mavjud. Chunki Python dasturlash tilida satr
turidagi ma’lumotni son turidagi ma’lumotga qo‘shish imkoniyati mavjud emas.
ValueError
– funksiya to‘g‘ri turdagi qiymatni yuborishi natijasida yuzaga keladigan istisno.
Python tilida “int” turi sonli qiymatni qabul
qilishi belgilanganligi uchun, unga satr turidagi
o‘zgaruvchini yuklash mumkin emasligi haqida xabar chop qilindi.
IndexError
– yangi dasturchilar ko‘p yo‘l qo‘yadigan istisno. U ro‘yxat
elementlariga murojaat
qilishda, elementga ro‘yxat indekslarida mavjud bo‘lmagan indeks orqali murojaat qilishda
yuzaga keladi.
Dasturda 3 ta elementdan iborat L1 ro‘yxati e’lon qilindi. L[0] , L[1], L[2] ro‘yxat
elementlari
chop qilinganda,
mos ravishda, 5, 6, 7 raqamlari natija sifatida chop qilindi. L[3] elementini
chop qilish buyrug‘i berilganda esa indeks mavjud emasligi haqida habar chop qilindi.
KeyError
– lug‘atga mavjud bo‘lmagan kalit orqali murojaat qilish.
Dastur kodida D1 lug‘ati e’lon qilindi va ’1’ kalitiga “aa” , ’2’ kalitiga “bb” va ’3’ kalitiga “cc”
elementlari berildi. D1[‘1’] chop qilinganda, mos ravishda, ‘aa’ elementi chop qilindi. D1[‘4’]ni
chop qilish buyrug‘i
berilganda, bunday (‘4’) kalit mavjud emasligi haqida xabar beriladi.