168
168
168
168
V BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
UYGA VAZIFA
1. Amaliy mashg‘ulotda yaratilgan sprayt rangini o‘zgartiring.
2. Amaliy mashg‘ulotda yaratilgan sprayt joylashuvini fonga mos tarzda mashina yo‘liga
moslang.
3. Google Chrome oflayn rejimidagi Dinosaur T-Rex o‘yini fonini
qidirish tizimi orqali
toping va o‘z loyihangizga joylashtiring.
4. Loyihangizda sprayt yarating va uni o‘yin maydonining pastki chap burchagiga
joylashtiring.
1. O‘yin dasturlarini yorqin ko‘rinishga qanday keltirish mumkin?
2. O‘yin oynasi foniga rasm qo‘yish mumkinmi?
3. Qahramonlar qay tarzda yaratiladi?
4. O‘yin oynasi foniga rasm qo‘yish qanday amalga oshiriladi?
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
48-dars. QAHRAMONLARNI HARAKATLANTIRISH
O‘yin dasturlarini yaratishda muhim jarayonlardan biri bu – qahramonlarni harakatlantirishdir.
Agar o‘yin dasturlarida qahramonlar yaratilganidan so‘ng,
ularda qandaydir harakatlar
kuzatilmasa, dastur o‘yin emas, oddiygina rasmlar to‘plami bo‘lib qoladi. Mavzu yordamida
o‘yin qahramonlarini harakatlantirish va o‘yin dasturini yanada takomillashtirish ko‘nikmalari
egallanadi.
Bundan avval spraytni yaratish jarayonida uning ko‘rinishiga faqat rang berish va
boshlang‘ich joylashuvini belgilashgina ko‘rsatilgan edi.
Shuningdek, spaytning ko‘rinishiga
rangdan tashqari rasmlar qo‘yish imkoniyati ham mavjud.
Dastlab turli rangdagi to‘rtburchak shaklli spraytlardan o‘yin dasturlarini yaratishning ilk
bosqichida o‘yinning ishlayotganiga ishonch hosil qilish maqsadida foydalanish mumkin.
Keyinchalik esa sparytlarga turli qahramonlar (multqahramon, mashina, uchar kema va b.)
ko‘rinishini berish istagi paydo bo‘ladi.
Buning uchun qidiruv tizimi orqali kerakli sprayt
ko‘rinishini topish kerak. Agar
ijodiy qobiliyat va grafik
dasturlardan to‘liq foydalanish imkoniyati mavjud
bo‘lsa, shaxsiy qahramon ko‘rinishini grafik dasturlarda
ham yaratish mumkin.
Keyingi bosqichda
dastur kodi saqlanayotgan
katalogda grafik fayllarni saqlovchi “img” papkasini
yaratib, unga spraytlarning grafik fayllarini joylashtirish zarur.
169
169
169
169
Dastur kodi grafik fayllardan foydalanishi uchun, ular joylashgan
katalogni dastur kodiga
bog‘lash va kerakli faylni o‘zgaruvchiga biriktirish lozim. O‘yin kodi saqlanayotgan papkani
aniqlash uchun maxsus __file__ o‘zgaruvchisidan foydalaniladi.
Grafik fayldagi spraytlardan foydalanish uchun PyGame kutubxonasiga ularni yuklab olish
kerak. Buning uchun Pythonning “os” kutubxonasidan foydalaniladi. “os”
kutubxonasi orqali
rasmlar katalogi manzilini aniqlash, ularni dasturga qo‘shish va yuklash mumkin. Buning
uchun quyidagi jadvalda keltirilgan buyruqlardan foydalaniladi.