164
164
164
164
V BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
screen.blit() funksiyasi
Sintaksisi:
screen.blit(bg,(0,0))
screen – o‘yin
oynasi identifikatori;
bg – rasmni o‘zlashtirgan identifikator;
(0,0) – fonning oynada boshlang‘ich joylashuv
koordinatasi.
Yuklangan fon rasmini fonga joylashtirish dastur kodida o‘yin siklining ichidagi screen.blit()
funksiyasi orqali amalga oshiriladi.
Spraytlarni yaratish
O‘yin dasturlarini dasturlashda sprayt foydalanuvchiga animatsion tasvir ko‘rinishida
ko‘rinuvchi, aksariyat hollarda u bilan o‘zaro aloqani o‘z ichiga olgan obyekt hisoblanadi. Ya‘ni
o‘yin dasturida fon vazifasini bajarmayotgan barcha harakatlanuvchi interfaol ko‘rinishdagi
rasmlar sprayt hisoblanadi.
Sprayt uchun sinf va uning obyektini yaratib olish sparytlarni yaratishdagi dastlabki
bosqich hisoblanadi. Aynan shu sinf tanasida spraytning o‘lchamlari, tashqi ko‘rinishi va
joylashuvi beriladi. Spraytlarni yaratish jarayonida quyidagi jadvalda berilgan funksiyalardan
foydalaniladi:
Barcha spraytlar PyGame modulida oldindan aniqlangan “Sprite”
sinfiga tayangan sinf
sifatida yaratiladi.
Sintaksisi:
class sinf_nomi (sinf_turi):
def __init__(self):
pygame.sprite.Sprite.__init__(self)
self.image = pygame.Surface((kenglik,balandlik))
self.image.fill(rang)
self.rect = self.image.get_rect()
self.rect.center = (koordinata)
class – sinfni e’lon qiluvchi kalit so‘z;
sinf_nomi – sprayt uchun sinf nomi;
sinf_turi – yaratilayotgan sinf turi,
spraytlar uchun, odatda, pygame.sprite.Sprite obyekt turi
tanlanadi;
self – sprayt sinfini yaratish funksiyasi uchun parametr (u orqali sprayt xususiyatlari
belgilanadi);