|
-dars. PYGAME. PYGAME KUTUBXONASI. O‘YIN Pdf ko'rish
|
bet | 114/153 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 27,94 Mb. | | #244031 |
Bog'liq 10-sinf yangi46-dars. PYGAME. PYGAME KUTUBXONASI. O‘YIN
MAYDONINI TAYYORLASH
TAYANCH TUSHUNCHALAR
PyGame
– kompyuter o‘yinlari
hamda multimedia dasturlarini
yozishga mo‘ljallangan Python
dasturlash tilining modullari to‘plami.
O‘yin oynasi
– dastur ishga
tushganda hosil bo‘ladigan asosiy
oyna. Unda o‘yin jarayonidagi barcha
hodisalar jonlanadi.
3) hosil bo‘lgan yangi buyruq davomidan “pip install pygame” buyrug‘i yoziladi va “Enter”
tugmachasi bosiladi:
Dasturchilarning aksariyati dasturlash sohasiga
dastlab o‘yin dasturlarini tuzish maqsadida
kirib keladi. Hamma ham professional darajada
o‘yin dasturi yaratuvchisi bo‘la olmaydi. Ammo
o‘ta qiziqqanligi hamda tirishqoqligi sababli o‘z
shaxsiy o‘yin dasturini tuzishi mumkin.
Python dasturlash tilida o‘yin dasturlarini
yaratish uchun maxsus PyGame kutubxonasidan
foydalaniladi.
PyGame
– 2 o‘lchamli (2D) o‘yin dasturlarini
yaratishga mo‘ljallangan Python modul
kutubxonasi.
PyGame kutubxonasi ilk bor 2000-yilda taqdim etilgan. Uning yordamida yozilgan dasturlar
Android qurilmalari hamda kompyuterlarda muammosiz ishlay oladi. PyGame kutubxonasi
yordamida yozilgan bitta dastur kodi orqali turli qurilmalarda ishlovchi o‘yin dasturlarini
yaratish imkoniyatini qo‘lga kiritish mumkin.
PyGame Pythonning standart paketiga kirmaydigan kutubxona hisoblanadi. Shuning uchun
uni alohida o‘rnatib olish lozim. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi:
1) Python dasturi katalogidan Scripts katalogi ochiladi va uning manzili, odatda, C:\Users\
User\AppData\Local\Programs\Python\Python38\Scripts manzil nusxalanadi;
2) buyruqlar qatori (Командная строка) ishga tushirilib, “cd” buyrug‘i yoziladi, nusxalangan
katalog manzili joylashtiriladi va “Enter” tugmachasi bosiladi:
Yuqoridagi amallar ketma-ket bajarilganidan so‘ng jarayon avtomatik tarzda PyGame
modulini o‘rnatadi. Bunda kompyuter Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi lozim.
|
| |