• O’IBDO’ ______________________ Sana:__________________ Mavzu:Playsound va googletrans moduli bilan ishlash Audio ma‘lumotlar shakllari
  • Sana: Mavzu: PyGame va Os moduli




    Download 19,5 Kb.
    Sana21.05.2024
    Hajmi19,5 Kb.
    #248401
    Bog'liq
    12-13 mavzula


    Sana:________________
    Mavzu: PyGame va Os moduli
    PyGame – kompyuter o‘yinlari hamda multimedia dasturlarini yozishga mo‘ljallangan Python dasturlash tilining modullari to‘plami.
    Dasturchilarning aksariyati dasturlash sohasiga dastlab o‘yin dasturlarini tuzish maqsadida kirib keladi. Hamma ham professional darajada o‘yin dasturi yaratuvchisi bo‘la olmaydi. Ammo o‘ta qiziqqanligi hamda tirishqoqligi sababli o‘z shaxsiy o‘yin dasturini tuzishi mumkin.
    Python dasturlash tilida o‘yin dasturlarini yaratish uchun maxsus PyGame kutubxonasidan foydalaniladi.
    PyGame – 2 o‘lchamli (2D) o‘yin dasturlarini yaratishga mo‘ljallangan Python modul kutubxonasi. PyGame kutubxonasi ilk bor 2000-yilda taqdim etilgan. Uning yordamida yozilgan dasturlar Android qurilmalari hamda kompyuterlarda muammosiz ishlay oladi. PyGame kutubxonasi yordamida yozilgan bitta dastur kodi orqali turli qurilmalarda ishlovchi o‘yin dasturlarini yaratish imkoniyatini qo‘lga kiritish mumkin.
    Har bir yangi dasturning kodini yozish ko‘p vaqt talab qiladigan jarayon
    hisoblanadi. Shu sababli, tayyor qism dasturlardan foydalanish har bir dasturchi uchun qulaydir. Zamonaviy dasturlash tillarida bu jarayonni yengillashtirish uchun
    tayyor dastur kodlarini saqlovchi kutubxonalar mavjud.
    Modullar – alohida faylda yozilgan bo‘lib, turli dasturlarda qo‘llanilishi
    mumkin bo‘lgan kodlar majmui.
    Boshqa dasturlash tillari kabi Python dasturlash tilining standart kutubxonasi ham
    ko‘plab tayyor kod fragmentlari (modullar, standart funksiyalar va b.)dan tarkib topgan.
    Python dasturlash tilini yanada takomillashtirish uchun foydalanuvchi tomonidan yozilgan modullarni kutubxonaning alohida qismiga yuklash ham mumkin.
    Python dasturlash tilida juda ko‘p modul mavjud bo‘lib, ularning asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
    Dasturda modullardan foydalanish uchun avval uni dasturga yuklash kerak bo‘ladi. Bu esa uning tarkibida saqlanuvchi kod fragmentiga murojaat qilishni talab qiladi. Modullarni dasturga yuklashning uch xil usuli mavjud.
    1-usul. Modul funksiyalarini yuklab olishning bu usulida murojaat etilayotgan kod fragmentidan oldin modulning nomi ko‘rsatilishi lozim. Bunday
    dasturlarni o‘qish juda oson, chunki kod qaysi modulga tegishli ekanligini tez aniqlash mumkin.
    Sintaksisi:
    import modul fayli nomi
    import modulni yuklovchi kalit so‘z
    >>> import math
    Har bir funksiyadan oldin modulning nomi ko‘rsatiladi.
    2-usul. Modul funksiyalarini yuklab olishning bu usuli uncha katta bo‘lmagan dasturlar uchun qulay. Katta dasturlarda esa dasturni tushunish qiyin kechadi, ya’ni funksiya qaysi modulga taalluqli ekanligini aniqlash uchun biroz urinish
    kerak bo‘ladi.
    Sintaksisi:
    from modul fayli nomi import *
    from ... import * – modulni yuklovchi kalit so‘z

    3-usul. Moduldan faqat funksiyalarning o‘zini yuklab olish ham mumkin. Agar dasturdan faqat bitta funksiya kerak bo‘lsa, u holda funksiyalarning barchasini emas, kerakli funksiyaning o‘zinigina yuklab olgan ma’qul.
    Sintaksisi:
    from modul fayli nomi import funksiya nomi
    >>> from random import *
    >>> randint(1,5)
    Standart kutubxonadan random moduli funksiyalarini yuklab oldi.
    Funksiya qaysi modulga taalluqli ekanligi ko‘rsatilmaydi.
    >>> from random import randint
    >>> randint(1,5)
    Standart kutubxonadan random modulining randint funksiyasi yuklab olindi.
    O’IBDO’ ______________________

    Sana:__________________
    Mavzu:Playsound va googletrans moduli bilan ishlash
    Audio ma‘lumotlar shakllari
    Tabiiy ovozlar multimediada WAVE (to‘lqin) tarzida belgilanadi. Ovozlarni kompyuterda saqlash uchun asosan raqamli formatga o‘giriladi.
    Raqamli audioformat – raqamli ovoz yozish va uni saqlashda ovozli ma‘lumotlarni taqdim etish formati.
    Audiofayl – ovozning amplituda va chastotasi haqidagi ma‘lumotlardan iborat kompyuter fayli.
    Audio ma‘lumotlarni MB saqlash, izlash va chiqarishda muhim masalalardan biri ma‘lumot hajmi hisoblanadi. 11 kGs diskretlash chastotasida va amplitudaning sakkiz bosqichli yozuvida 1 minut ovoz 66 Kbayt xotira talab qiladi. 44 kGs va 16 bit stereo standartda 16 marta ko‘proq xotira talab qiladi. Ya’ni 1 minut WAVE ovozni saqlash uchun 10 Mbayt joy talab qilinadi.
    Hozirga kelib ovoz ma‘lumotlarini siqadigan audiokodek usullar rivojlanib bormoqda. Dunyo bozorlarida kompressiya/dekompressiya apparat usullarini ishlatadigan ovoz kartalari ko‘proq uchramoqda.

    Audio ma‘lumotlarni siqish


    Audio ma‘lumotlarni siqish (kompressiya) keragidan ortiq statik va psixoakustik signallarni qisqartirish evaziga raqamli oqimning tezligini kamaytirish jarayonini o‘zida ifodalaydi.

    Yo‘qotishsiz siqish

    Audio ma‘lumotlarni keragidan ko‘p statikasi evaziga qisqartirish usuli yo‘qotishsiz siqish deyiladi. Bunday siqish usuli audio signallarning o‘zining xossalarini hisobga olishga asoslangan.
    Bunday o‘zgartirish usulining qo‘llashni muhim shartlaridan quyidagilarni keltirish mumkin:
    • Dastlabki signalni buzmasdan tiklash imkoniyati
    Tez hisoblash algoritmi

    Yo‘qotishlik siqish



    Audio ma‘lumotlarni yo‘qotish bilan siqish insonning ovozlarni eshitish qobiliyatini mukammal emasligiga asoslanadi.
    Ba’zi hollarda odamning balan ovoz oldida past ovozlarni anglashga qodir emasligini niqoblash effekti deyiladi. Bu xususiyatdan keragidan ko‘p psixoakustik ma‘lumotlarni qisqartish algoritmlarida foydalanilgan.
    Niqoblash effekti ikkita guruhga bo‘linishi mumkin:
    • Chastotali niqoblash
    • Vaqt bo‘yicha niqoblash
    Agar analog signalda uning amplitudasini emas, qiymatining o‘zidan oldingisiga nisbatan o‘zgarishini kodlashtirilsa, razryadlar soni ancha kamayadi.

    O’IBDO’ _________________________
    Download 19,5 Kb.




    Download 19,5 Kb.