161
161
161
161
screen – o‘yin oynasi identifikatori;
width – o‘yin
oynasi kengligi;
height – o‘yin oynasi balandligi;
flag – qo‘shimcha xossalar to‘plami;
depth – ranglar uchun bit o‘lchami.
Dastlabki o‘yin oynasi yuqoridagi funksiyalar yordamida yaratiladi.
Qo‘shimcha xossalar to‘plami texnik tezlashishga o‘tish, to‘liq ekran rejimiga o‘tish, oyna
chegaralarini o‘chirish kabi vazifalarni bajaradi.
Masalan, pygame.display.set_mode ((500, 500), pygame.RESIZABLE) buyrug‘i oyna
o‘lchamini ixtiyoriy o‘lchamga o‘zgartirish imkonini beradi.
O‘yin
sikli asosiy blok hisoblanib, o‘yinning mantiqiy qismi ushbu sikl ichida
joylashadi.
while running:
for event in pygame.event.get():
if event.type == pygame.QUIT:
running = False
screen.fill(RED)
pygame.display.flip()
O‘yin sikli tanasi “running” qiymati rost bo‘lganda ishga tushadi va hodisalar bo‘yicha
takrorlash siklini ishga tushiradi. Agar joriy hodisa “pygame.QUIT”ga teng bo‘lsa, “running”
qiymati yolg‘onga aylanadi va sikldan chiqib ketadi. Sikl bajarilishi jarayonida “fon”ga “RED”
qiymati
beriladi va ekran yangilanib, o‘zgarishlar ko‘rinib turadi.
screen.fill(RED) oyna fonini qizil ranga o‘zgartirish imkonini beradi.
pygame.display.flip() funksiyasidan oynadagi o‘zgarishlarni qabul qilib, ko‘rinib
turishi uchun
foydalaniladi.
import pygame
Kutubxonadan PyGame modulini
yuklab oladi.
pygame.init()
PyGame modulini ishga tushiradi.
screen=pygame.display.set_
mode((500,500),0,32)
O‘yin oynasi yaratiladi.
pygame.quit()
Dasturdan chiqib ketadi.
Ushbu kod ishga tushir
ilganda,
o‘lchami 500×500,
qora fonli va
“My Game” sarlavhali o‘yin oynasi
hosil bo‘ladi.