|
Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 108/153 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 27,94 Mb. | | #244031 |
Bog'liq 10-sinf yangi
Sinf yaratish
Python dasturlash tilida sinf yaratish uchun “class” kalit so‘zidan foydalaniladi. Sinf nomidan
so‘ng ikki nuqta (:) qo‘yiladi va yangi satrdan 4 ta probel tashlanib, sinf tanasi yoziladi.
Sintaksisi:
class
sinf nomi:
sinf tanasi
class – sinf e’lon qiluvchi kalit so‘z;
sinf nomi – sinf uchun nom;
sinf tanasi – sinfning tana qismi.
Misol.
“MyClass” nomli
x
xususiyatiga ega sinf yaratilsin.
Obyekt yaratish
Obyektlarni yaratishda o‘zgaruvchini e’lon qilish, u qaysi sinf obyekti ekanligini ko‘rsatib o‘tish
zarur.
Sintaksisi:
obyekt nomi = sinf nomi()
obyekt nomi – yaratilayatgan obyekt nomi;
sinf nomi – yaratilayotgan obyekt tegishli
bo‘lgan sinf nomi.
Dastur bajararilishi jarayonida obyektga sinfning biror xususiyatini o‘zlashtirish uchun obyekt
nomidan so‘ng nuqta qo‘yiladi va sinf tarkibidagi kerakli xususiyat nomi yoziladi.
Sintaksisi:
obyekt nomi.xususiyat nomi
obyekt nomi – yaratilgan obyekt nomi;
xususiyat nomi – obyektga o‘zlashtiriladigan
xususiyat nomi.
Misol.
“MyClass” nomli sinfning “obj” nomli obyekti yaratilsin, obyektga sinfning
x
xususiyati o‘zlashtirilsin va chop etilsin.
class MyClass:
“MyClass” nomli sinf yaratildi.
x = 5
x
= 5
x
xususiyatiga 5 qiymati o‘zlashtirildi.
obj = MyClass()
print(obj.x)
“MyClass” sinfining “obj” obyekti yaratildi.
“obj” obyektiga sinfning x xususiyati yuklandi, o‘zlashtirildi va
chop etildi.
5
Dastur bajarilish natijasida 5 qiymati chop etiladi.
|
| |