68
III BOB.
ANIMATSIYA TEXNOLOGIYASI
6868
10 – videopleyerda kliplarni alohida yoki butun loyihani oldindan ko‘rish,
shuningdek,
oldindan ko‘rish slayderini bir kadr oldinga yoki orqaga qaytarish mumkin. Videopleyerdagi
o‘tish paneli loyihaning butun uzunligiga nisbatan
pozitsiyani aks ettiradi;
11 – eksport tugmachasi. Loyiha tayyor bo‘lgach, videoni videopleyerda ijro etish,
qurilmalarda ko‘rish, Internetga yuklash yoki eksport qilishni boshlash uchun “Saqlash”
tugmachasi bosiladi.
LOYIHALAR BILAN ISHLASH
Movavi Video Editor dasturida yaratilgan loyiha * .mepx tipida saqlanadi.
Loyiha montaj
stolidagi videofayllar tartibini hamda tahrirlash paytida boshqa harakatlarni o‘z ichiga oladi.