|
III BOB.
ANIMATSIYA TEXNOLOGIYASI Pdf ko'rish
|
bet | 45/153 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 27,94 Mb. | | #244031 |
Bog'liq 10-sinf yangiIII BOB.
ANIMATSIYA TEXNOLOGIYASI
6464
Foto va videotexnologiyalarning jadal
rivojlanishi ko‘plab odamlar tomonidan
shaxsiy videobloglarning yaratilishiga
olib keldi. Natijada, videoni tahrirlash
dasturlaridan foydalanish ommalashib
ketdi.
Yozib olish natijasida barcha videofayllar
videofragmentlarga, namoyish uchun
mo‘ljallangan videofilmlarga bo‘linadi.
Videofayllar uchun qayta ishlashning ikki
turi mavjud:
videomontaj va konvertatsiya
qilish.
Yozib olingan videodan havaskor yoki
professional darajadagi klip va filmlar yaratish uchun yuqori sifatli raqamli vositalar zarur.
Bunday raqamli vosita
videomuharrir
deb ataladi. Ayni vaqtda videofayllarni tahrir qiladigan
dasturlar soni kundan-kunga oshib bormoqda. Eng ko‘p ishlatiluvchi videomuharrir dasturlari
bilan tanishamiz.
III bob. AUDIO VA VIDEOMA’LUMOTLAR BILAN
ISHLASH
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Videomontaj
– maxsus dasturiy ta’minot
yordamida videofilmlar yaratish jarayoni.
Videofaylni
konvertatsiya qilish
– videofayl
formatini boshqa formatga o‘zgartirish
jarayoni.
Videomuharrir
– kompyuterda video va
audiofayllarni chiziqli bo‘lmagan tahrirlashni
amalga oshirish imkonini beruvchi vositalar
to‘plamini o‘z ichiga olgan dastur.
19-dars. VIDEOMUHARRIR DASTURLARI VA ULAR
IMKONIYATLARI
Movavi Video Editor Video Suite dasturi
foydalanuvchilar orasida unchalik
mashhur bo‘lmasa-da, unda barcha zamonaviy funksiyalar mavjud. Dasturning
asosiy afzalliklari:
• sodda interfeys;
• turli xil vizual effektlar (filtr, o‘tish, sarlavha
va h. k.)
• animatsiya uchun turli sozlamalar;
• vizual komponent (oq rang balansi,
kontrast)ni nozik sozlash qobiliyati;
• videofayllar bilan turli formatlarda ishlay
olish;
• video, ovoz yozish, rasm uchun
konvertorning mavjudligi;
• ovoz yozish uchun turli funksiyalar;
• dasturni o‘zidan YouTube videoxostingiga eksport qilish;
• yuqori tezlikda ishlash imkoniyati.
|
| |