76
III BOB.
ANIMATSIYA TEXNOLOGIYASI
7676
3. Yuqori trekdagi videoning ustida
sichqonchaning chap tugmachasi ikki
marta bosiladi. Videopleyerda video
qoplamasi sozlamalari ochiladi.
4. Yuqori trekdagi video ajratilgan
holda oynaning chap tomonidagi
“More Tools” yorlig‘i ustiga bosiladi va
“Chroma Key” uskunasi tanlanadi.
5. Videopleyerdagi videoning atrofida ko‘k chegara paydo bo‘lganidan so‘ng, olinishi
kerak bo‘lgan rangni tanlash uchun videoning foni ustiga bosiladi. Tanlangan rangdagi
joylar shaffof ko‘rinishga o‘tadi va pastki qismdagi videoklip fon sifatini oladi.
1. Mobil qurilma orqali yashil yoki ko‘k fonda video oling.
2. Chroma Key yordamida olingan video orqa fonini almashtiring.
3. Tayyor loyihani chroma.mp4 nomi bilan eksport qiling.