78787878
IV BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
2. Dizayn va animatsiya bosqichi.
Bunda 3D modelning yuzasiga rastrli yoki tekstura bilan
to‘ldirish, obyektning joylashuv o‘rni va hajmini belgilash, yorug‘lik manbalarini o‘rnatish va
sozlash, obyektlar harakatini yo‘lga qo‘yish kabi ishlar amalga oshiriladi.
3D grafikani o‘rganayotganda, eng ko‘p
qo‘llaniladigan modellardan biri choynak modeli
bo‘lib, u
Yuta choynagi
yoki
Newell choynagi
deb
ataladi.
BUNI BILASIZMI?
3. Rendering bosqichi
tasvirni takomillashtirish, hosil
bo‘lgan 3D grafikani
namoyish etish hamda chop
etish (displey yoki maxsus 3D printer yordamida)
bosqichi hisoblanadi.
Oddiy printerdan farqli o‘laroq, 3D printerda chop etish
jarayonida materiallar qatlamini ketma-ket yotqizish
(o‘sish) orqali 3D obyekt yaratiladi.
Qatlamlarning har birini
obyektning ingichka kesilgan kesmasi sifatida ko‘rish
mumkin.
Yuta shtatida Martin Newell
tomonidan ishlab chiqilgan
choynak modelining zamonaviy
ko‘rinishi
3D modellashtirishdan foydalanishning imkoniyatlari
cheksiz. Grafikaning bu turi
yangi sanoat turlarini yaratdi, mavjudlarida esa katta texnikaviy
inqiloblarni sodir etdi. Bu o‘zgarishlarni turli sohalarda samarali qo‘llash natijasida
katta daromadlarga erishildi. Misol tariqasida ayrim sohalar faoliyati bilan tanishamiz.
Arxitektura.
3D
modellashtirish sohada
juda katta imkoniyatlar eshigini ochib
berdi. Qandaydir binoni qurishdan
oldin, albatta uning loyihasi ishlanadi.
Avvalari loyihalarning
aksariyati oddiy
qog‘o‘zda aks ettirilgan bo‘lsa, endilikda
bosma materiallarga ehtiyoj qolmadi. 3D
modellashtirish kutilayotgan natijalarni
ko‘rish, ular orqali
binoga virtual sayohat
qilish imkonini beradi.