|
Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 58/153 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 27,94 Mb. | | #244031 |
Bog'liq 10-sinf yangiCinema 4D
dasturi Maxon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan
bo‘lib, 3Ds Max dasturining kuchli raqibi hisoblanadi. U professional
3D modellashtirish,
animatsiya, simulyatsiya
va namoyish etish
uchun dasturiy ta’minot yechimi hisoblanadi.
Tezkor, kuchli, moslashuvchan va barqaror
uskunalar to‘plami 3D modellarni loyihalash,
moushn grafikalar, vizual effektlar, VR/MR/
AR va videoo‘yinlar ishlab chiqish uchun
qulay va samaralidir. Shuningdek, u 3D
grafik muharrirlar ichida o‘rganish eng oson
bo‘lgan dastur hisoblanadi. Dasturdan to‘lov
orqali foydalaniladi.
Blender
tez va barqaror rivojlanishi, mutlaqo bepul bo‘lganligi sababli
3D muharrirlar orasida juda mashhur dastur hisoblanadi. Dastur
interfeysi ingliz tilida berilgan. Dastur yordamida 3D modellashtirish,
VFX, animatsiya, simulyatsiya, renderlash, kompozitsiya, harakatni
kuzatish, videomontaj va 2D animatsiya yaratish mumkin. 3D Max va Cinema 4D dasturlari
kabi 3D modellashtirish uchun qulay hisoblanadi. Dasturdan bepul foydalanish mumkin.
Tinkercad
3D modellashtirishni boshlashni istovchilar uchun yaratilgan
bo‘lib, u onlayn platformada 3D modellar yaratish imkonini beradi.
Tinkercad onlayn xizmat sifatida loyihalarda turli qurilmalardan foydalanish,
bir vaqtning o‘zida bir necha odamga loyiha ustida ishlash imkonini beradi.
Platformada boshqa foydalanuvchilarning tayyor modellarini tahrirlash,
shuningdek *.stl, *.obj va *.svg formatidagi boshqa dasturlardan modellarni
import qilish va tahrirlash mumkin. Modellarni platformadan to‘g‘ridan to‘g‘ri 3D printerda
chop etish uchun eksport qilish yoki boshqa foydalanuvchilar modellarini yuklab olish va
chop etish mumkin. Dasturdan bepul foydalanish mumkin.
Tinkercaddan foydalanish uchun www.tinkercad.com rasmiy manziliga kiriladi.
|
| |