84848484
IV BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
Blender dasturi o‘rnatib bo‘linganidan so‘ng dastur
ishga tushiriladi. Blender ishga tushirilganda, oynaning
markazida muloqot oynasi hosil bo‘ladi. Unda loyihalarni
yaratish yoki oldin yaratilgan blend-fayllarni ochish
imkoniyatlari mavjud.
Blender dasturi 3D grafika va animatsiya yaratuvchi
dasturlar kabi murakkab interfeysga ega. Blender
dasturi interfeysini foydalanuvchi o‘z xohishiga qarab
sozlab olishi mumkin.
Blender dasturida klaviaturadagi tugmachalar bilan
bir qatorda Numpad (raqamlar) bloki ham faol
ishlatiladi. Agar kompyuterda Numpad bloki mavjud
bo‘lmasa, sozlamalarni o‘zgartirish yoki interfeysdagi
tugmachalardan foydalanish mumkin.
BLENDER DASTURI INTERFEYSI
Dastur interfeysi: a) menyular bandi; b) uskunalar paneli; d) kamera; e) 3D kursor; f) vaqt
chizig‘i; g) kub; h) chiroq; j) loyiha tarkibi; i) joylashuv funksiyalari.
Blender dasturi interfeysining 4 ta asosiy sohaga bo‘linganini ko‘rishimiz mumkin:
badiiy filmlar yaratishda foydalanadi. Dastur tez va samarali ishni ta’minlovchi yuqori sifatli 3D
arxitekturasiga ega.
Blenderning yana bir o‘ziga xos xususiyati – u boshqa mashhur 3D modellashtirish
paketlariga nisbatan kichik hajmdagi 3D modellarni ham *.blend kengaytmasida saqlay oladi.
Blender dasturi Foundation tomonidan bepul tarqatiladigan va dasturiy qo‘llab-
quvvatlanadigan ochiq kodli dasturiy ta’minot hisoblanadi. Blender dasturini www.blender.org
rasmiy saytidan bepul yuklab olish mumkin.