101
101
101
101
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR
1. 3D modelga material qanday biriktiriladi?
2. 3D modelga tekstura qanday biriktiriladi?
3. Base Color nima uchun ishlatiladi?
4. Blender dasturida yaratilgan fayllar qanday kengaytma bilan saqlanadi?
5. Teksturadan foydalanish uchun qanday rejimga o‘tiladi?
UYGA VAZIFA
1. Blender dasturida kub yarating.
2. Kubga birorta tasvirni tekstura ko‘rinishida biriktiring.
3. Yaratilgan 3D modelni *.blend kengaytmasi bilan saqlang.
29-dars. RP (RAPID PROTOTYPE – TEZKOR
PROTOTIPLASH) TEXNOLOGIYASI
DIQQAT
Tezkor prototiplash
(RP) –
3D printer yordamida CAD
modelidan obyektning fizik
namunasini yaratish.
STL
– 3D
modellarni
saqlash uchun
ishlatiladigan ma’lumot tipi.
U RP texnologiyasida keng
foydalaniladi.
Yangi turdagi mahsulot ishlab chiqish uzoq va mashaqqatli
jarayon bo‘lib, ommaviy ishlab
chiqarish boshlanishidan
oldin uni loyihalash va baholashning bir necha bosqichlarini
talab qiladi. Butun dunyoda joriy etilayotgan 3D-kompyuter
modellashtirish usullari ushbu bosqichlarning o‘tishini
keskin tezlashtirishga yordam beradi. Shuningdek,
zamonaviy kompyuter yordamida loyihalash tizimlari
(CAD – computer aided design) yangi mahsulotlarni
ishlab chiqish va loyihalashga
sarflanadigan vaqt va
xarajatni sezilarli darajada kamaytiradi. Shunday bo‘lishiga
qaramasdan, har qanday murakkab shakldagi mahsulot
uchun yaxlit fizik tasvirni,
hatto uning alohida qismini
yaratish muammosi dolzarbligicha qolmoqda.
Hozirgi vaqtda 3D obyektlarni qatlamlab hosil qilish texnologiyalarida katta yutuqlarga
erishilmoqda. Bunday texnologiyalar
tezkor prototiplash texnologiyalari
(Rapid prototype –
RP) deb nomlanadi.
RP texnologiyalari ishlab chiqarish
siklini tezlashtirish, mahsulot narxini sezilarli darajada
kamaytirish, loyiha bilan ishlash yoki operativ o‘zgartirishlarni kiritish imkonini beradi.
Tezkor prototiplash 1980-yillarga qadar raqamli dizaynlarni tezkor ravishda real obyektlarga
aylantira oladigan texnologiya sifatida rivojlana boshladi. Bu
texnologiyaga qadar yangi
mahsulot modellari haykaltarosh va rassomlar tomonidan yaratilgan.