92929292
IV BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
Edge tahrirlash
Face tahrirlash
“Shift”
tugmachasini bosgan holda,
“Face” (rasmda: kubning ikki yuzasini)
tahrirlash
Har bir obyekt markaz vazifasini bajaruvchi
markaziy nuqtaga ega bo‘ladi.
U obyekt rejimida
ham, tahrirlash rejimida ham aks etadi.
Obyektning koordinatalari markaziy nuqtaning
joylashuvi bilan belgilanadi. “Object Mode”
rejimidagi barcha jarayonlar unga nisbatan
amalga oshadi. Masalan, “Rotate” (R)
tugmachasi
bosilganda, markaziy nuqta kubning
markazida bo‘lsa, kub o‘z joyida aylanadi (4).
3D modelning markaziy nuqtasini o‘zgartirish
uchun sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi. Hosil bo‘lgan
kontekst menyudan
“Set Origin – Origin to 3D Cursor” bandi tanlanadi. Ya’ni 3D kursor joylashgan joyni markaziy
nuqta deb qabul qiladi (5).
Markaziy nuqta
939393
93
Blender dasturida 3D modellashtirish uchun ko‘plab
obyektlar mavjud. Bunday
obyektlardan biri Mesh
obyektlardir. Ulardan murakkab shakllar yaratishda
foydalaniladi. Mesh obyektlarga misol sifatida kub, silindr,
sfera va hokazolarni keltirish mumkin.
Blender dasturida 10
ta mesh obyekt mavjud, 3D Viewport
muharriri paneli orqali “Add—Mesh” qo‘shish mumkin (6).
MESH OBYEKTLAR
-
Plane
– tekislik. Bu mesh 3D
obyekt emas, u tekis va qalinlikga ega emas. Undan sirt,
yuza, pol va oynalar yasaladi. U stol ustida yotgan qog‘ozga o‘xshaydi (1);
-
Cube
– Blenderning asosiy 3D mesh obyekti. U to‘rtburchak
modellarni loyihalash uchun
juda qo‘l keladi (2);
-
Circle
obyekti 3D obyekt sifatida ko‘rinmaydi, lekin uni 3D ko‘rinishida shakllantirish
mumkin (3);
-
UV
Sphere – doira va segmentlardan hosil bo‘lgan shar. U parallellar va meridianlardan
iborat globusga o‘xshaydi (4);
-
Ico
Sphere – uchburchaklardan hosil bo‘lgan shar (5);
-
Cylinder
silindr ko‘rinishidagi 3D obyektlarni hosil qilishda ishlatiladi (6);
-
Cone
konus ko‘rinishidagi 3D obyektlarni hosil qilishda ishlatiladi (7);
-
Torus
yordamida silindrga o‘xshash ikki tomoni ochiq 3D obyektlar yaratiladi (8);
-
Grid
– qismlarga ajratilgan tekisliklardan tashkil topgan kvadratik panjara (9);
-
Monkey
maymun boshi kabi 3D model qo‘llaniladigan hodisalarni testdan o‘tkazish
(yaratilgan 3D
model buzilmasligi uchun rang, teksturalarni sinab ko‘rish)da ishlatiladi (10).