98989898
IV BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
Keyingi xossa “Preview”
deb nomlanib, u oldindan ko‘rish uchun
maxsus panel hisoblanadi. Uning vazifasi materialning obyektda
qanday ko‘rinishini ko‘rsatishdan iborat (4).
“Surface” panelida “Use Nodes” deb nomlangan tugmacha
orqali materialdan foydalanish mumkin.
“Base color” parametri asosiy rangni belgilaydi.
Maydonga
bosilganda, rang g‘ildiragi hosil bo‘ladi va kerakli rang tanlanadi.
“Metallic” parametri obyektning sirtiga metall yorqinlikni beradi
(5).
Teksturalar material sirtida qo‘llaniladi. Ular obyektga
biriktirilgan materiallarni yanada real jonlantirish imkonini beradi.
Yaratilgan material obyektga biriktirilmasdan turib, teksturadan foydalanib bo‘lmaydi.
Teksturalardan foydalanish uchun “Shading” rejimiga o‘tiladi.
Ushbu
muharrirda masshtablash, harakatlanish 3D
Viewportda bo‘lgani kabi ishlaydi. Agar obyektga
material qo‘shilgan bo‘lsa, u shu zahoti ikkita tugunga
ega bo‘ladi.
Tugunlar yon tomonlarida kichik nuqtalar bo‘lib,
ular orqali tugunlar ulanadi. Natijada,
bitta tugun
boshqasining ba’zi xususiyatlariga ta’sir qiladi.
Agar obyektga tekstura qo‘shish kerak bo‘lsa, “Add
→
Tekstura” bandidan foydalaniladi.
999999
99
Masalan, “Brick Texture” qo‘shamiz va tugunni asosiy tugunning “Base Color” xususiyati bilan
ulaymiz.
“Brick Texture” tugunida teksturani moslashuvchan ravishda o‘zgartirish imkonini beruvchi
ko‘plab sozlamalar mavjud. Biroq tekstura kubning barcha tomonlarida aks etavermaydi.
Buning uchun yana boshqa tugunni qo‘shish kerak bo‘ladi: “Add
→
Input
→
Texture
Coordinate”. Hosil bo‘lgan “Texture Coordinate” “UV” tugunni “Brick Texture”dagi “Vector” bilan
bog‘laydi.
AMALIY MASHG‘ULOT
Blender dasturini ishga tushiring. “New file” bandidan “General” buyrugini tanlang.
Sahnadagi
kubni belgilab, uni “Delete”
tugmachasi bilan o‘chiring.