|
IV BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI Pdf ko'rish
|
bet | 69/153 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 27,94 Mb. | | #244031 |
Bog'liq 10-sinf yangiIV BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
Birinchi 3D chop etish jarayoni rivojlanishi bilan prototip qurishning yangi davri boshlandi.
1984-yilda amerikalik Chak Xall Stereolitografiya (SLA) tezkor prototiplash texnologiyasi, ya’ni
fotopolimerlarni ultrabinafsha nurlar yordamida birlashtirish jarayoni uchun patent oladi.
Hozirda bir nechta RP texnologiyalari mavjud:
• stereolitografiya (SLA);
• termoplastikalarni yotqizish (FDM – Fused Deposition Modeling);
• kukunli materiallarni lazer bilan sinterlash (SLS – Selective Laser Sintering);
• obyektlarni laminatsiyadan foydalangan holda ishlab chiqarish (LOM – Lamineted Object
Manufacturing).
SLA
— (Stereo Lithography Apparatus).
Stereolitografiya – CAM/CAD dasturlari yordamida
oldindan dasturlashtirilgan, kompyuter tomonidan
boshqariladigan harakatli lazer nuridan foydalanuvchi 3D
bosib chiqarish jarayoni.
SLA juda aniq va nozik detallar ishlab chiqarishni talab
qiluvchi tezkor prototip hamda loyiha dizaynlari uchun
maxsus texnologiya bo‘lib, undan konseptsiya g‘oyalarini
tasdiqlash, ergonomik testlarni o‘tkazish uchun namoyish-
tomosha qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
SLA ultrabinafsha lazer yordamida model shaklini
sezgir qatroni bilan ketma-ketlikda nurli idish yuzasiga
o‘tkazadi. Suyuq plastik faqat lazer nurlari o‘tgan joydagina
qattiqlashadi. So‘ngra qotib qolgan qatlam ustiga yangi
suyuqlik qatlami oqadi va yangi kontur lazer yordamida
tasvirlanadi. Jarayon 3D modelning qurishi tugaguniga
qadar takrorlanadi.
DIQQAT
CAD
– kompyuter
yordamida loyihalash.
CAM
– kompyuter
yordamida ishlab chiqarish.
FDM (Fused Deposition Modeling) texnologiyasida
eritilgan materialni oldindan belgilangan yo‘l bo‘yicha
ustma-ust qatlamlar tarzida tanlab biriktirish orqali 3D
obyekt yaratiladi. FDMda ishlatiladigan asosiy materiallar
termoplastik polimerlar bo‘lib, filament shaklida bo‘ladi.
SLS
(Selective Laser Sintering – selektiv lazer
sinterlash) – yuqori quvvatli lazer yordamida polimer
kukunining zarralarini 3D modelga asoslangan
mustahkam tuzilishga singdirish uchun
additive
manufacturing
(AM) texnologiyasi.
|
| |