111
111
111
111
9
Blender dasturidagi transformatsiyalarni belgilang:
a) Move, Rotate va Scale;
b) Rotate,
Copy va Cube;
d) 3D Viewport,
Scale va Timeline;
c) Camera, Light va Cube.
33-dars. RO‘YXATLAR (LISTS) BILAN ISHLASH
V bob. PYTHONDA DASTURLASH
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Massiv
–
bitta identifikator
ostida
bir xil
obyektlar to‘plamini
saqlovchi ma’lumotlar turi.
Ro‘yxat
(list)
– bitta identifikator
ostida
har xil
obyektlar to‘plamini
saqlovchi ma’lumotlar turi.
Indeks
– elementga murojaat
qiluvchi raqamlar ketma-ketligi.
Dasturda bir nechta ma’lumotni
bir joyda saqlash
uchun ularni ro‘yxat shakliga keltirish lozim.
Ro‘yxatlar kompyuterda katta hajmdagi bir xil
ma’lumotlarni qayta ishlashda keng qo‘llaniladi.
Masalan, o‘quvchilarning
imtihonda olgan baholari,
telefon tarmog‘idagi abonentlar raqamlari va h. k.
Ro‘yxatda
bir vaqtda son,
satr va boshqa turdagi
ma’lumotlarni saqlash mumkin.
Odatda, har bir o‘zgaruvchi biror nom bilan aniqlanib,
tarkibida bitta ma’lumot (qiymat)ni saqlaydi.
Ro‘yxatlar esa bir nechta ma’lumot (qiymat)larni o‘z
ichiga olishi mumkin. Masalan, 25 nafar o‘quvchi
familiyasini saqlash uchun 25 ta o‘zgaruvchi yoki bitta ro‘yxatdan foydalanish mumkin.
Ro‘yxat
tartib bilan saqlangan elementlar tuzilmasi bo‘lib, har bir elementga bitta indeks to‘g‘ri
keladi va u orqali elementga murojaat etish mumkin.
Indeks raqamlari boshqa dasturlash tillaridagi kabi 0 dan boshlangan sonlar ketma-ketligidan
iborat.
Ro‘yxat nomi
mevalar
Ro‘yxat indeksi
0
1
2
3
0
-3
-2
-1
Ro‘yxat elementi
olma
banan
shaftoli
nok