• VIRTUAL TURLARNING QO‘LLANISH SOHALARI Muzey va ko‘rgazmalar.
  • Ko‘chmas mulk va qurilish.
  • Sayohat va turizm.
  • Virtual tur – o‘tish nuqtalari bilan birlashtirilgan ikki yoki undan ortiq uch o‘lchovli (3D) panoramalar. TAYANCH TUSHUNCHALAR
  • IV BOB. WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI Restoran va dam olish.
  • D TUR YARATUVCHI DASTURLAR




    Download 27,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/153
    Sana19.05.2024
    Hajmi27,94 Mb.
    #244031
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   153
    Bog'liq
    10-sinf yangi

    3D TUR YARATUVCHI DASTURLAR
    Krpano dasturi – virtual turlar yaratuvchi dasturiy mahsulot. Krpano ijodiy 
    ishlash uchun juda ko‘plab imkoniyatlarga ega. Ushbu dasturda yaratilgan 
    3D turlar barcha qurilmalarda, jumladan, virtual voqelik shlemlarida ham 
    ishlaydi.
    Pano2VR dasturi panoramali yoki 360 gradusli fotosurat va videolarni 
    interfaol virtual turga aylantiradi. Tayyor 3D turlarni veb-saytlarga yuklash 
    va ularni kompyuter, mobil qurilma yoki virtual voqelik shlemlarida ko‘rish 
    mumkin.
    VIRTUAL TURLARNING QO‘LLANISH SOHALARI
    Muzey va ko‘rgazmalar.
    Odamlar vaqti hamda mablag‘ini tejash bilan birga dunyoning 
    istalgan joyidagi muzey yoki ko‘rgazmalarga 3D-turlarni uyi yoki ofisidan chiqmagan 
    holda mobil qurilma yoki kompyuter orqali amalga oshirishi mumkin. Bunday turlar muzey 
    eksponatlari bilan yaqindan tanishish va qo‘shimcha axborotlar olish imkonini beradi. 
    Ko‘chmas mulk va qurilish.
    Ko‘chmas mulkda 3D-turlardan 
    foydalanish xonadon, dala hovli, ofisni yaxshiroq namoyish 
    qilish imkonini beradi. Mijoz kunning istalgan vaqtida, uyidan 
    chiqmagan holda obyekt atrofida “aylanib yurishi” va uni 
    qiziqtirgan tafsilotlarni batafsil ko‘rib chiqishi mumkin.
    Sayohat va turizm.
    Sayohat qilmoqchi bo‘lgan shaxs kerakli davlat yoki shaharni belgilab, 
    virtual sayohat yordamida navbatdagi ta’til safarini rejalashtirishi mumkin. Kelajakda tashrif 
    buyuradigan joyi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish imkoniyati ham mavjud.
    Virtual tur
    – o‘tish nuqtalari bilan 
    birlashtirilgan ikki yoki undan ortiq 
    uch o‘lchovli (3D) panoramalar. 
    TAYANCH TUSHUNCHALAR


    108
    108
    108
    108
    IV BOB. 
    WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
    Restoran va dam olish.
    Kafe, bar yoki restoranning virtual 
    sayohatlari va 3D sferik panoramalari interyerning o‘ziga 
    xosligini yoki ularning rang-barangligini ta’kidlash uchun, 
    ayniqsa, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan dam olish va 
    qulaylik muhitini anglash imkonini beradi. 
    AMALIY MASHG‘ULOT

    Download 27,94 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   153




    Download 27,94 Mb.
    Pdf ko'rish