105
105
105
105
Yassi panorama
oddiygina foto panorama bo‘lib, ikki yoki undan ortiq kadrdan olingan keng
maydonli fotosuratdan iborat. Bunda ko‘rish burchagini oshirish uchun bir nechta fotosurat
birlashtiriladi. Bunday panoramani hosil qilish uchun bir nechta surat bo‘lishi, tasvir maydoni
esa bir-biriga 20–25 % ga to‘g‘ri kelishi zarur. Olingan fotosuratlar grafik muharrir dasturi
yordamida yaxlit tasvir ko‘rinishida “yopishtiriladi”. Natijada, oddiy fotosuratga nisbatan
ko‘proq ma’lumotga ega “uzun” fotosurat olinadi.
3D PANORAMA TURLARI
Sferik panorama
– gorizontaliga 360 gradusli, vertikaliga esa 180
gradusli ko‘rish burchagiga ega panorama. Panoramaning bunday turi
maxsus dasturlar yordamida sfera (shar)ning ichki yuzasiga yotqizilgan
bo‘ladi. Tomoshabin shar markazidan hamma tasvirni aylantirib ko‘ra
oladi. Sferik panorama atrofdagi olamning to‘liq tasvirini aks ettirishga
qodir. Sferik panoramaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — 3D
panoramani faqat kompyuter yoki mobil qurilmalardagina ko‘rish
mumkin.