114
114
114
114
V BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
2. Ro‘yxatni biror songa ko‘paytirish mumkin, natijada
takrorlangan ro‘yxat hosil bo‘ladi.
>>> a=[1,2,3]
>>> b=[4,5]
>>> c=a+b
>>> print(c)
a ro‘yxat e’lon qilindi.
b ro‘yxat e’lon qilindi.
a ro‘yxatga b ro‘yxatni
qo‘shib, c ro‘yxat hosil qilindi.
c ro‘yxat ekranga chiqarildi.
[1, 2, 3, 4, 5]
ESLAB QOLING
Ro‘yxatlar o‘zgartirish,
ya’ni element qo‘shish va
o‘chirish hamda ular tartibini
almashtirish mumkin bo‘lgan
obyektlar hisoblanadi. Lekin
shunday obyektlar ham
borki, ularni yaratgandan
keyin o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Masalan, kortejlar.
>>> a=[1,2,3]
>>> b=[4,5]
>>> d=b*2
>>> print(d)
a ro‘yxat e’lon qilindi.
b ro‘yxat e’lon qilindi.
b ro‘yxatni 3 ga ko‘paytirib, d
ro‘yxat hosil qilindi.
d ro‘yxat ekranga chiqarildi.
[4, 5, 4, 5]
3. Ro‘yxat qismini qirqib olish mumkin, natijada qism ro‘yxat hosil bo‘ladi.
list(start:end:step) – qism ro‘yxat hosil qilish;
list – ro‘yxat nomi;
start – qirqib olinishi kerak bo‘lgan qism ro‘yxat 1-elementining indeks raqami;
end (end kirmaydi) – qirqib olinishi kerak bo‘lgan qism ro‘yxat oxirgi elementining indeks
raqami;
step – qadamlar soni.
>>> yoshi=[14, 28, 39, 75, 55, 41, 32, 25]
>>> yoshi[2:8:2]
2-element 39 dan boshlab,
8-element yo‘q. Shu sababli
oxirigacha 2 qadam bilan qism
ro‘yxatni qirqib oladi.
[39, 55, 32]
2-element 39 dan boshlab
4-element 55 gacha (55 kirmaydi)
bo‘lgan qism ro‘yxat o‘rniga yangi
[10,20,30] ro‘yxatni qo‘yadi.
>>> yoshi[2:4]=[10,20,30]
>>> print(yoshi)
[14, 28, 10, 20, 30, 55, 41, 32, 25]