|
Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 87/153 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 27,94 Mb. | | #244031 |
Bog'liq 10-sinf yangiLug‘atlarni e’lon qilish
Lug‘atlar
{}qavs
yoki
dict()
konstruktori yordamida e’lon qilinadi.
Lug‘atga elementlarni qo‘shish, ya’ni lug‘atlar hosil qilish uchun ro‘yxatlar kabi turli usullardan
foydalanish mumkin.
36-dars. LUG‘ATLAR (DICTIONARY) BILAN
ISHLASH
Lug‘atlar (dict)
– bitta identifikator ostida
har xil ma’lumot elementlari to‘plamini
saqlovchi qiymatga maxsus kalit orqali
murojaat etiladigan ma’lumotlar turi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
1-usul. {}qavs
yordamida bevosita dastur kodida elementlarni kiritish orqali lug‘at hosil
qilish:
>>> yoshi = {‘Lola’:14, ‘Madina’:15}
>>> print(yoshi)
Har bir elementning kaliti – ismlar (Lola),
qiymati – yoshi (14).
Lug‘at elementlari
vergul
(,) bilan ajratib
yoziladi. Kalit va qiymat ikki nuqta bilan
ajratiladi va ikki nuqtadan keyin qiymat
yoziladi.
{‘Lola’:14, ‘Madina’:15}
2-usul. dict()
konstruktori yordamida bevosita dastur kodida elementlarni kiritish orqali
lug‘at hosil qilish:
>>> yoshi = dict(‘Lola’=14, ‘Madina’=15)
>>> print(yoshi)
Lug‘at elementlari
vergul
(,) bilan ajratib
yoziladi. Kalit va qiymat ‘=’ bilan ajratiladi
va ‘=’ dan keyin qiymat yoziladi.
{‘Lola’:14, ‘Madina’:15}
3-usul. dict()
konstruktori orqali ro‘yxatlar yordamida lug‘at hosil qilish (faqat bunda
ro‘yxatlar ikkita elementdan tarkib topishi zarur):
>>> yoshi = dict([‘Lola’,14], [‘Madina’,15])
>>> print(yoshi)
Lug‘at elementlari vergul (,) bilan ajratib
yoziladi. Elementlar ham o‘z navbatida
ro‘yxatlardan iborat. Har bir ro‘yxatning
0-elementi kalit, 1-elementi esa qiymat
bo‘ladi.
{‘Lola’:14, ‘Madina’:15}
|
| |