123
123
123
123
Ro‘yxat yoki kortejlar raqamlangan
elementlar to‘plami hisoblanadi.
Biror
elementga murojaat etish uchun shu element
raqami (indeksi)ni ko‘rsatish lozim. Ammo
barcha axborotlarni har doim ham raqamlar
yordamida aniqlab bo‘lmaydi. Masalan,
poyezd yoki samolyot reyslari to‘g‘risidagi
ma’lumotni
saqlash uchun raqamlar emas, identifikator sifatida raqam va harflardan iborat
belgilar ishlatiladi. Bunday holatlarda Python dasturlash tilida lug‘atlar (dictionary) deb
nomlanuvchi elementlar to‘plamidan foydalaniladi.
Lug‘atlar
ro‘yxatlarga o‘xshash bo‘lib,
farqli jihati shundaki, ularda indeks o‘rnida maxsus
kalitlar ishlatiladi. Lug‘atlarda elementning tartibi muhim rol o‘ynamaydi. Lug‘atning
har bir
elementi kalit va qiymatga ega bo‘lib, uning unikal kaliti orqali qiymatga murojaat etiladi. Shu
sababli lug‘atlar assotsiativ massivlar deb ham yuritiladi.