|
V BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI Pdf ko'rish
|
bet | 94/153 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 27,94 Mb. | | #244031 |
Bog'liq 10-sinf yangiV BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
UYGA VAZIFA
1. Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan sonlar qatorida qancha raqam ishtirok etganligini
aniqlovchi dastur tuzing.
2. Foydalanuvchi tomonidan ikkita sonlar qatori kiritilgan. Nechta son ham birinchi, ham
ikkinchi qatorda ishtirok etganligini aniqlovchi dastur tuzing.
38-dars. FAYLLAR BILAN ISHLASH
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR
1. To‘plam nima maqsadda ishlatiladi?
2. To‘plamning ro‘yxat va kortejdan farqli jihati nimada?
3. To‘plam tarkibini o‘zgartirish mumkinmi?
4. To‘plamlar ustida qanday amallar bajariladi?
5. To‘plam va ro‘yxatning bir-biridan farqi nimada?
Kiruvchi ma’lumot
Chiquvchi ma’lumot
4 5 8 9 1 4 5 2
6
Kiruvchi ma’lumot
Chiquvchi ma’lumot
9 5 8 4
5 9 3 4
2
Ma’lumotlar fayllarda saqlanadi. Python dasturlash tili yordamida kompyuterdagi har xil fayl
turlari bilan ishlash imkoniyati mavjud bo‘lib, shartli ravishda ularni ikki turga bo‘lish mumkin:
matn
va
binar fayllar
. Matn fayllari kengaytmasi cvs, txt, html va hokazolardan iborat,
umuman olganda, matn shaklida ma’lumot saqlaydigan barcha fayllarlarni o‘z ichiga oladi.
Binar fayllarni esa tasvirli, audio, video, o‘yin fayllari va boshqalar tashkil etadi. Fayl turiga
qarab, fayl bilan ishlash Pythonda biroz farq qilishi mumkin.
Python kutubxonasining ochiq funksiyalari yordamida fayllar bilan ishlash mumkin. Fayllar
bilan ishlaganda, amallar quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
1) open() metodi yordamida faylni ochish;
2) read() metodi yordamida faylni о‘qish yoki write() metodi yordamida faylga yozish;
3) close() metodi yordamida faylni yopish.
Faylni ochish
Faylga ma’lumot yozish yoki uni tarkibini о‘qish uchun fayl open() metodi yordamida ochiladi.
Sintaksisi:
open (file, mode)
|
| |