128
128
128
128
V BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
To‘plam
– takrorlanmaydigan elementlardan ixtiyoriy tartibda tashkil topgan ma’lumotlar turi.
To‘plam elementi ixtiyoriy o‘zgarmas ma’lumotlar turi bo‘lishi mumkin: son, satr,
kortej va
h. k. O‘zgaruvchan turdagi ma’lumotlar to‘plam elementi bo‘la olmaydi. Masalan, ro‘yxat
to‘plam elementi bo‘la olmaydi, lekin kortej to‘plam elementi bo‘la oladi. To‘plamlar, asosan,
takrorlanuvchi elementlarni o‘chirish uchun qulay hisoblanadi.
To‘plamlarni e’lon qilish
To‘plamlar {}qavs yoki set() konstruktori yordamida e’lon qilinadi. To‘plam elementlari
qiymatlari unikal bo‘lishi zarur. Agar
bir xil qiymatlar takrorlansa, u holda takrorlanuvchi
qiymatlar bitta qiymat deb hisoblanadi.
To‘plamlarga elementlar qo‘shish, ya’ni to‘plamlar hosil qilish uchun ro‘yxatlar
kabi turli
usullardan foydalanish mumkin.
1-usul.
{}qavs yordamida bevosita dastur kodida elementlarni kiritish orqali lug‘at hosil
qilish:
>>> a = {'1','2','1','2','1','1'}
>>> print(a)
To‘plamga
takrorlanmas qiymatga ega
elementlar kiritiladi, aks holda to‘plam
ularni bitta deb hisoblaydi.
{'2', '1'}
2-usul.
set() konstruktori yordamida bevosita dastur kodida elementlarni
kiritish orqali
lug‘at hosil qilish:
>>> bush=set()
>>> print(bush)
Bo‘sh to‘plam hosil qilish.
set()
>>> toq=set([1,3,5])
>>> print(toq)
Toq elementlardan tarkib topgan to‘plam
hosil qilish.
{1, 3, 5}
>>> belgi=set('alla')
>>> print(belgi)
Takrorlangan belgi ishlatilganda,
faqat
unikal qiymatlar to‘plami hosil bo‘ladi.
{'l', 'a'}
3-usul.
To‘plam generatori yordamida to‘plam hosil qilish:
>>> d={i**2 for i in range(5)}
>>> print(d)
Xuddi ro‘yxat generatori kabi hosil qilinadi,
faqat figurali qavsda.
{0, 1, 4, 9, 16}
4-usul.
frozenset yordamida to‘plam hosil qilish. frozenset o‘zgartirib bo‘lmaydigan
to‘plam yaratishda ishlatiladi. Bunday to‘plamga yangi element qo‘shish, o‘zgartirish va
o‘chirishga ruxsat berilmaydi.
129
129
129
129
>>> rang={‘qizil’, ‘sariq’, ‘qora’}
>>> ranglar= frozenset(rang)
>>> print(ranglar)
frozenset funksiyasi yordamida o‘zgartirib
bo‘lmaydigan to‘plam yaratiladi.
frozenset({'qizil', 'sariq', 'qora'})