|
Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 95/153 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 27,94 Mb. | | #244031 |
Bog'liq 10-sinf yangiRejim
Tavsifi
r (read)
Faylni о‘qish uchun ochish. Agar fayl topilmasa, FileNotFoundError
xatoligini beradi.
w (write)
Faylni qayta yozish uchun ochish. Fayl tarkibini о‘chirib, bо‘sh
faylni ochadi. Agar fayl mavjud bо‘lmasa, uni yaratadi.
x (xwrite)
Agar fayl mavjud bо‘lsa, uni yozish uchun ochadi, aks holda
ochmaydi.
a (append)
Faylning davomiga yozish uchun ochish. Agar fayl mavjud
bо‘lmasa, uni yaratadi.
b (binary)
Faylni binar (ikkilik) rejimda ochish.
w
va
r
kabi holatlar bilan
birgalikda ishlatiladi. Masalan, ‘rb’, ‘rt’
t (text)
Faylni matnli holatda ochish.
+
Faylni о‘qish va yozish uchun ochish.
open() funksiyasi Python tilida faylni ochish va uning tarkibini ekranda namoyish etish
imkonini beradi. Ushbu funksiyaning birinchi parametri sifatida faylning qayerdaligini
kо‘rsatuvchi yо‘l kо‘rsatiladi, masalan, D:/project/my.txt. Ikkinchi parametr mode yordamida
faylni ochish rejimi, ya’ni fayl ustida qanday ish bajarilishi kо‘rsatiladi.
Fayl bilan ishlash yakunlanganidan sо‘ng, uni close() metodi yordamida yopish kerak. Ushbu
metod fayl bilan bog‘liq barcha resurs ishlarini yakunlaydi.
Faylga yozish
Matnli faylni yozish uchun ochishda ikki xil rejim ishlatiladi:
a(append)
– fayl davomiga yozuv
qо‘shish, w (write) – fayl tarkibini о‘chirib, qayta yozish.
Faylga yozish uchun write() metodidan foydalaniladi.
Sintaksisi:
write(str)
str parametri orqali satr kiritiladi. Agar boshqa turdagi ma’lumotlar kiritilishi lozim bо‘lsa, ular
satr turiga о‘tkaziladi.
file=open('d:/project/my.txt', 'w')
text=file.write('Hello world!')
file.close()
d:/project/ manzilidagi my.txt' f
ayli tarkibini
о‘chirib, ochadi. Agar mavjud bо‘lmasa, yaratadi.
write metodi yordamida faylga “Hello world!”
satrini yozadi.
Faylga yozish tо‘xtatilganini e’lon qilish uchun
close metodi ishlatiladi.
|
| |