119
119
119
119
Kortejlar
elementlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ko‘p jihatlariga ko‘ra ro‘yxatga o‘xshaydigan
tur hisoblanadi. Ular ro‘yxatlar kabi boy funksionallikka ega emas, ularni o‘zgartirib ham
bo‘lmaydi. Shuning uchun kortejga yangi element qo‘shish, undagi elementni o‘chirish va
o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
Kortejlarni e’lon qilish
Kortej oddiy qavs () yoki tuple()
konstruktori yordamida, elementlari vergul (,) bilan ajratilgan
holda e’lon qilinadi.
Kortej hosil qilishda ro‘yxatlar hosil qilishning 2, 3, 4 va 5-usullaridan foydalanish mumkin.
>>> oquvchiA = (‘Lola’, 15, 1.58)
>>> oquvchiB = (‘Karim’, 16, 1.70)
>>> oquvchiA[1])
oquvchi1, oquvchi2 –
kortejni saqlovchi
o‘zgaruvchilar nomi.
15
>>> ismi, yoshi, buyi = oquvchiA
>>> print(ismi, yoshi, bo‘yi)
Kortej
elementlarining qiymatlari
ismi,
yoshi, bo‘yi
o‘zgaruvchilariga o‘zlashtirib
olindi.
Lola 15 1.58
>>> oquvchilar=[oquvchiA, oquvchiB]
>>> print(oquvchilar)
Elementlari kortejlardan iborat “o‘quvchi”
nomli ro‘yxat yaratamiz.
[(‘Lola’, 15, 1.58), (‘Karim’, 16, 1.70)]
Kortejlar bilan ishlash
Kortej uzunligi, eng kichik va eng katta elementi kabilarni
aniqlash uchun metodlar va
standart funksiyalardan foydalaniladi.
Metodlar va funksiyalar
Tavsifi
tuple.index(item,[start [,
end]])
Kortejdagi item elementi indeksini qaytaradi (ushbu
metodda start va end dan ham foydalanish mumkin).
tuple.count(item)
Kortejdagi item elementlar sonini hisoblaydi.
any(tuple)
Agar kortejda element mavjud bo‘lsa True,
aks holda
False qiymatini qaytaradi.
len(tuple)
Kortej uzunligi, ya’ni elementlar sonini hisoblaydi.
tuple.sort()
Kortej elementlari o‘sish tartibida
tartiblangan yangi kortej
hosil qiladi.
tuple.sort(reverse=True)
Kortej elementlari kamayish tartibida tartiblangan yangi
kortej hosil qiladi.
min(tuple)
Kortejdagi eng kichik elementni aniqlaydi.
max(tuple)
Kortejdagi eng katta elementni aniqlaydi.
sum()
Kortej elementlari yig‘indisini qaytaradi.