106
106
106
106
IV BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
3D panoramaning 2 ta asosiy xususiyati mavjud:
1) interfaollik.
Bunda an’anaviy rasm yoki videolardan
farqli o‘laroq, 3D panoramani ko‘rishda
foydalanuvchi
faol tomoshabin bo‘ladi, ya’ni u tasvirning faqat o‘zi
uchun qiziqarli qismini ko‘ra oladi. Agar xohlasa,
atrofga,
yuqoriga yoki pastga qarashi, shuningdek,
tasvir tafsilotlarini kattalashtirishi
yoki kichraytirishi
mumkin;
2) axborotlilik
atrofni o‘ziga qulay holatda batafsil ko‘rish imkoniyati bilan tavsiflanadi.
PTGui
(ingl.
Graphical User Interface for Panorama Tools
) dasturi.
Dastur yordamida sferik 360°×180° o‘lchamdagi panoramalarni
yaratish mumkin. PTGui dastirida yaratilgan
interfaol panoramalarni
kompyuterda ko‘rish hamda veb-sahifalarga joylashtirish mumkin.
Hugin dasturi
3D panoramalarni choklash uchun bepul dastur hisoblanadi.
Dastur Panorama Toolsning ochiq kodli manbayiga asoslangan holda
ishlab chiqilgan.