919191
91
UYGA VAZIFA
1. Blender dasturida chiroq holatlarini o‘zgartiring.
2. Blender dasturi obyekt transformatsiyasida ishlatiluvchi
uskunalardan foydalanib
ko‘ring.
3. Transformatsiyada ishlatiluvchi tezkor tugmachalarni ishlatib ko‘ring.
27-dars. 3D MODELLASHTIRISH DASTURIDA 3D
MODELNI TAHRIRLASH. MESH OBYEKTLAR
Blender dasturida modellashtirilmoqchi obyekt turiga qarab
tahrirlash rejimlarining har xil turlari mavjud.
Har bir rejim
turlicha o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Tahrirlash rejimlari
to‘plami obyekt turiga bog‘liq. Masalan,
kubni olti xil rejimda
tahrirlash mumkin.
Kub obyekti
Mesh
obyektlar guruhiga mansub bo‘lib, u
vertikal (Vertex), qirra (Edge) va yuza (Face)
tuzilmalaridan
tashkil topgan (1).
Dastur “Object Mode” rejimida turganida kub bilan
ishlashning umuman imkoni yo‘q. Shuning uchun “Edit
Mode” rejimiga o‘tish zarur (1). Blenderda “Edit Mode”
rejimiga o‘tish klaviaturaning “Tab”
tugmachasini bosish
orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, 3D Viewportda
ochiluvchi ro‘yxat yordamida ham obyektni o‘zgartirishning
boshqa rejimiga o‘tish mumkin (2).
“Edit Mode” rejimi “Move”, “Rotate” va “Scale”
obyekt
transformatsiyalari kabi ishlaydi. Biroq transformasiyalar vertikal,
qirra va yuzalargagina
qo‘llaniladi.
3D modelning “Edit Mode” rejimidagi elementlarni tanlash,
obyektlar singari, sichqonchaning
chap tugmachasini bosish orqali amalga oshiriladi. Agar bir nechta
elementni tanlash kerak
bo‘lsa, u holda “Shift” tugmachasi bosib turiladi (3).