|
Innovatsiyalar funksiyalari. «Innovatsiyalar» tushunchasi ta’rif
|
bet | 1/8 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 90,09 Kb. | | #130730 |
Bog'liq Innovatsiyalar funksiyalari.
Innovatsiyalar funksiyalari.
«Innovatsiyalar» tushunchasi ta’rif
|
larining variantlari
|
Ta’rif
|
Manba
|
Innovatsiya - kapitalni yangi texnika yoki texnologiyaga, ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat, xizmat ko’rsatish va boshqaruvning yangi shakllariga, jumladan, yangicha nazorat va hisob shakllari, rejalashtirish va tahlil usullariga kiritishdan olingan, moddiy tus olgan natijadir.
|
Балабанов И.Л. Инновационный
менеджмент. СПб.: Питер, 2001
|
Innovatsiya - ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlari (ITTKI) natijalarini bozorga yetkazish
|
Большой толковый словарь бизнеса. М.: Вече : ACT, 1998
|
Innovatsiya (yangiliklar kiritish) - yangi mahsulot turlari, texnologiyalar ishlab chiqish, yaratish va tarqatishga, yangi tashkiliy shakllar joriy qilishga yo’naltirilgan ijodiy faoliyat natijasi.
|
Борисов А.Б. Большой экономический словарь. М.: Книжньй мир,2000
|
Innovatsiya - intellektual mahsulot - ixtiro, axborot, nou-xau yoki g’oya iqtisodiy mazmunga ega bo’ladigan jarayon
|
Брайан Т. Управление научно-техническими нововведениями. М.: Экономика,1989
|
Innovatsiya - bozorga mavjud taklif bilan ta’minlanmagan ehtiyojlarni qondiradigan mahsulot olib chiqishga qodir bo’lgan, maxsus ishlab chiqilgan texnologiyaga asoslangan yangi mahsulot liniyasini o’zlashtirish
|
Валдайцев С.В. Оценка бизнеса и инновации. М.: Филин, 19.97
|
Innovatsiya - ishlab chiqarish mexanizmining boshlang’ich strukturasidagi o’zgarish, ya’ni uning ichki strukturasi yangicha holatga o’tishi; mahsulot, texnologiya, ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchining professional va malakaviy strukturasiga taalluqli; ham ijobiy, ham salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga ega bo’lgan o’zgarishlar
|
Валента Ф. Управление инновациями. М.: Прогресс, 1985
|
Innovatsiya - tizim sifatida korxona faoliyatidagi maqsadli o’zgarish (korxona faoliyatining istalgan sohasida sifat va son o’zgarishlari)
|
Волдачек Л. Стратегия управления
инновациями на предприятии. М.: Экономика, 1989
|
Innovatsiya - yangi ijtimoiy ehtiyoj (yokima’lum bo’lgan ehtiyojni yaxshiroq qondirish) uchun yangi amaliy vosita (yangilik) yaratish, tarqatish va undan foydalanish kompleksli jarayoni; shu bilan bir paytda bu - ushbu yangilik bilan uning hayotiylik davri yakunlanadigan ijtimoiy va buyum holatidagi muhitda bog’liq bo’lgan o’zgarishlar jarayoni
|
Гвишиани Д.М. Диалектикоматериалистические основания системннх исследований // Диалектика и системньй анализ. М.:
|
|
Наука,1986
|
Innovatsiya - ITTKI, marketing va boshqaruv sohalarining o’zaro aloqalari natijasi
|
Гольдштейн Г.Я. Ин- новационньй менеджмент // www.aup.ru/ books/
|
Innovatsiya - boshqaruv ob’ektini o’zgartirish va iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik va boshqa turdagi samara olish maqsadida yangilikni joriy qilishning yakuniy natijasi
|
Ильенкова С.Д. Инно- вационний
менеджмент: учебник. М.: ЮНИТИ, 1997
|
Innovatsiya - jamiyat hayotining u yoki bu jabhasida faoliyat jarayoni yoki uning natijalarini takomillashtirishga yo’naltirilgan intellektual (ilmiy- texnik) faoliyat natijalaridan foydalanish
|
Инновационньй менеджмент: учеб. пособие. СПб.: Наука, 2000
|
Innovatsiya - amaliyotda qo’llanadigan hamda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy talablarni qoniqtiradigan, mos keluvchi sohalarda samara beradigan ilmiy ixtiro yoki kashfiyotlar
|
Канторович Л.В. Сис- темннй анализ и неко- торме проблемн научно-технического прогресса: Диалектика и системннй анализ. М.: Наука,1986
|
Innovatsiya - o’tkazilgan ilmiy tadqiqot amalga oshirilgan kashfiyot natijasida ishlab chiqarishga joriy qilingan, oldingilardan tamomila farq qiladigan ob’ekt
|
Медынский В.Г. Инновационный менеджмент: учебник. М.: ИНФРА-М, 2002
|
Innovatsiya - sifat jihatidan yangi qarorlarni amaliyotga tatbiq etish, korxona strategiyasining mazmuni va strategiya mohiyati
|
Раппопорт В. Диагностика управления: практический опыт и рекомендации. М.: Экономика, 1988
|
Innovatsiya - ijtimoiy, texnik, iqtisodiy jarayon, o’z xususiyatlari bo’yicha yaxshiroq mahsulot va texnologiyalar yaratishga olib keladigan ixtirova g’oyalardan amaliy foydalanish, iqtisodiy foyda va qo’shimcha daromad olishga yo’naltiriladi, tadqiqot va loyihalardan tortib to marketinggacha bo’lgan barcha faoliyat turlarini qamrab oladi
|
Санто Б. Инновация как средство экономического развития. М.: Прогресс, 1990
|
Iinovatsiya - boshqaruv ob’ektini o’zgartirsh hamda iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik yoki boshqa turdagi samara olish maqsadida yangiliklar joriy qilishning yakuniy natijasi
|
Фатхутдинов Р.А. Инновационный менеджмент. СПб.: Питер, 2004
|
1.1-jadvalda keltirilgan ta’riflarni tahlil qilib, umumlashtirgach quyidagicha xulosalar chiqarish mumkin.
1. Ob’ektlar, tizimlar, korxonalar va butun jamiyatning bir holatdan boshqa, yanada mukammal va yangiliklar kiritishni nazarda tutadigan holatga o’tishi bo’yicha cheksiz sonli muayyan vaziyatlar cheksiz sonli ifoda va ta’riflar bo’lishiga imkon yaratadi.
2. Yanada mukammalroq holatga o’tishda yangiliklar - o’ylab topish, ishlab chiqish va ixtiro qilish lozim bo’lgan yangi vositalar, usullar, mahsulotlar, texnologiyalar ko’zda tutiladi.
3. Innovatsiya yangi bilimlarning amalga oshirilgan yig’indisi sifatida amaliy qo’llanishi va mos keluvchi sohalarda samara berishi lozim.
Tadqiqot ob’ekti va predmetiga qarab, innovatsiyalar natija, o’zgarish (F.Valent, L.Voldachek, Y.Shumpeter) va jarayon (T.Brayan,
S.V.Valday^v, V.Rappoport, K.Pass, B.Lous, E.Pendlton, L.Chedvik, B.Santo, G.M.Gvishiani) sifatida ko’rib chiqilishi mumkin.
Xalqaro standartlarga muvofiq «innovatsiyalar» atamasi mustaqil iqtisodiy toifa hisoblanadi. U «Fraskati dasturi» va «Oslo dasturi» nomi bilan mashhur bo’lgan hujjatlarda o’z aksini topgan. Bu hujjatlarda qabul qilingan «innovatsiya» tushunchasiga boshqaruv sohasidagi ko’pchilik nazariyachi va amaliyotchilar amal qiladi. O’zbekistonda innovatsiyalar bo’yicha me’yoriy-huquqiy bazani yaratishda, innovatsion faoliyat bo’yicha konsepsiya, dastur va boshqa strategik hujjatlar ishlab chiqishda ham aynan u asos qilib olinishi zarurdir. Xalqaro standartlarga muvofiq innovatsiya (yangilik kiritish) bozorda joriy qilingan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon ko’rinishida yoxud ijtimoiy xizmatlarga yangicha yondashuvda namoyon bo’ladigan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi sifatida tavsiflanadi .
Innovatsiyalar funksiyalari. Innovatsiya iqtisodiy toifa sifatida yangiliklar yaratish va amalga oshirishning eng umumiy xususiyatlari, belgilari, aloqalari va munosabatlarini aks ettiradi. Innovatsiyalarning mohiyati ularning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Innovatsiyalar funksiyalari ularning davlat iqtisodiy tizimidagi vazifalari va xo’jalik jarayonidagi rolini aks ettiradi. Innovatsiyalar korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda alohida rol o’ynaydi.
Innovatsiyalar tahlili shuni ko’rsatadiki, ular ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi funksiyalarni bajaradi. Innovatsiya iqtisodiy toifa sifatida ikkita
asosiy funksiya - takror ishlab chiqarish va rag’batlantirish funksiyasini bajaradi.
Takror ishlab chiqarish funksiyasi shuni anglatadiki, innovatsiya kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirishning muhim manbasi hisoblanadi. Innovatsiyalarni bozorda sotishdan olingan pul tushumi yaratadigan tadbirkorlik foydasi moliyaviy resurslar manbasi va shu bilan bir paytda innovatsion jarayonning samaradorlik me’yori bo’lib xizmat qiladi. Tadbirkorlik foydasi ishlab chiqarish-savdo, investitsion, innovatsion va moliyaviy faoliyat hajmini kengaytirishga yo’naltirilishi mumkin. Shunday qilib, innovatsiyalardan foyda olish va undan moliyaviy resurslar manbasi sifatida foydalanish innovatsiyalarning takror ishlab chiqarish funksiyasi mazmunini tashkil qiladi.
Rag’batlantiruvchi funksiya ham innovatsiyalarni sotishdan tadbirkorlik foydasi olish orqali amalga oshiriladi. Bu tadbirkorlarni yangi innovatsiyalar rag’batlantirish uchun stimul bo’lib xizmat qiladi, uni marketing faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish, talabni o’rganish, moliyani boshqarishning zamonaviyroq usullarini qo’llashga doimiy ravishda majbur qiladi.
Energiyani minimal qilish umumiy qonuniga bo’ysungan holda inson doimo o’z faoliyatini mehnat sarfini qisqartirish, vaqtni tejash va boshqa samaralarni qo’lga kiritishga yo’naltiradi. Shu sababli innovatsiyalarni ijtimoiy toifa sifatida ham ko’rib chiqish mumkin.
Innovatsiyalarning ijtimoiy toifa sifatida birinchi funksiyasi shundan iboratki, amalda barcha ixtirolar jonli mehnat va energiya sarfini qisqartirishga yo’naltiriladi, ishlab chiqarishga yangi ishlab chiqarish kuchlarini jalb qilish uchun imkoniyat yaratadi, ishlab chiqarish va mehnat unumdorligini oshiradi.
Innovatsiyalarning ikkinchi funksiyasi - chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish bo’lib, bu ishlab chiqarish va iste’mol darajasining o’sishiga olib keladi hamda turmush sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Innovatsiyalarning uchinchi funksiyasi shundan iboratki, ular mahsulot sifatini oshirib, xarajatlarni kamaytirgan va iste’molni takomillashtirgan holda talab va taklif o’rtasidagi, ishlab chiqarish va iste’mol o’rtasidagi proporsiyalarni saqlashga xizmat qiladi.
Va nihoyat, innovatsiyalar ishlab chiqish va ulardan foydalanish jarayonida insonning rivojlanish jarayoni - uning intellektual qobiliyatlari kamol topishi, ijodiy o’sishning yanada davom etishi uchun sharoitlar yaratilishi ro’y beradi [72].
Innovatsiyalarning hayotiylik davri. Har bir yangilik kiritish ma’lum bir hayotiylik davriga ega bo’ladi. Innovatsion jarayon davriy xarakterga ega bo’lib, quyidagi bosqichlardan iborat sanaladi: yuzaga kelish, jadal o’sish, barqaror o’sish, barham topish. Vaqt o’tishi bilan yangi mahsulot yoki xizmat o’zining jalb etuvchan xususiyatlarini yo’qotadi, ularni ishlab chiqarish rentabelsizga aylanadi va ishlab chiqaruvchi mahsulot sifatini yaxshilashga yoki uni boshqa, samaraliroq mahsulot bilan almashtirishga majbur bo’ladi. Shu sababli ishlab chiqaruvchi “A” mahsulotni ishlab chiqarish davridayoq mahsulot sotilganidan so’ng “A” mahsulotga nisbatan foydali quvvat birligiga ko’proq samara va kamroq tannarxga ega bo’lgan «В» mahsulot (xizmat) paydo bo’lishini ta’minlaydigan ilmiy-texnik ishlanmalar mavjudligidan manfaatdor bo’ladi.
Yangilik kiritishning to’liq hayotiylik davri (dastlabki tadqiqotlardan tortib to ishlab chiqarishdan olib tashlagunga qadar) uchta - ilmiy, ixtirochilik, ishlab chiqarish davrini qamrab oladi va birgalikda ilmiy- ishlab chiqarish davrini tashkil qiladi. Ushbu davrlar o’rtasida ma’lum bir vaqt farqi mavjud: g’oyaning paydo bo’lishi va ixtiro uchun patent olish o’rtasida, ishlab chiqarish uchun litsenziya olish va ishlab chiqarishni boshlash o’rtasida va h.k. Innovatsion jarayonning alohida bosqichlari, turli davrlar o’rtasidagi vaqt farqini qisqartirish yangilik kiritishni ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Shu sababli yangi texnika va texnologiya ishlab chiqaruvchining innovatsion siyosati jahon va mamlakat fan va texnikasining rivojlanish tendensiyalarini kuzatib borish, yangilik kiritish loyihalarini amalga oshirish uchun sraflanadigan vaqtni qisqartirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Innovatsiyalarning hayotiylik davri innovatsiya faol hayotiy kuchga ega bo’ladigan va ishlab chiqaruvchiga (sotuvchiga) foyda yoki boshqa real naf keltiradigan ma’lum bir vaqt davrini ifodalaydi.
Innovatsiyalarning hayotiylik davri konsepsiyasi innovatsiyalar ishlab chiqarishni rejalashtirish va innovatsion jarayonni tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ahamiyat quyidagilarda namoyon bo’ladi:
Innovatsiyalarning hayotiylik davri konsepsiyasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarini va uning marketing xizmatini xo’jalik faoliyatini hozirgi va kelgusi rivojlanish istiqbollari, ya’ni kelajak nuqtai nazaridan tahlil qilishga majbur etadi.
Innovatsiyalarning hayotiylik davri konsepsiyasi innovatsiyalar chiqarishni rejalashtirish (g’oyani izlab topish, innovatsion jarayon tashkil qilish, innovatsiya yaratish, uni bozorga chiqarish va diffuziya), shuningdek, innovatsiyalar xarid qilish (talabni o’rganish va marketing) bo’yicha muttasil ishlar olib borish zarurligini asoslab beradi.
Innovatsiyalarning hayotiylik davri konsepsiyasi innovatsiyalarni tahlil qilish va rejalashtirish mexanizmining asosi hisoblanadi. Innovatsiyalarni tahlil qilishda ushbu innovatsiya hayotiylik davrining qaysi bosqichida ekanligini, uning eng yaqin istiqboli qandayligini, keskin pasayish qachon boshlanishi va innovatsiyaning umri qachon yakun topishini aniqlash mumkin faoliyatini hozirgi va kelgusi rivojlanish istiqbollari, ya’ni kelajak nuqtai nazaridan tahlil qilishga majbur etadi.
Innovatsiyalar tasnifi
Innovatsion faoliyatni boshqarish innovatsiyalarni batafsil o’rganish shartlarida muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin bo’lib, bu ularni tanlash va foydalanish uchun zarur sanaladi. Avvalo, innovatsiyalar hamda mahsulotlar va texnologik jarayonlardagi unchalik ahamiyati bo’lmagan o’zgarishlar; mahsulot qiymati, xususiyatlari, ko’rsatkichlarida, shuningdek, uning tarkibidagi materiallar va tarkibiy qismlarga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatmaydigan va konstruktiv ijroni o’zgarishsiz qoldiradigan, mahsulotlardagi sezilarsiz texnik yoki tashqi o’zgarishlar; joriy talabni qondirish va korxona daromadlarini oshirish maqsadida ilgari ushbu korxonada ishlab chiqarilmagan, lekin bozorda ma’lum bo’lgan mahsulotlar chiqarishni o’zlashtirish hisobiga mahsulot nomenklaturasini kengaytirishni farqlay olish zarur. Innovatsiyalar yangiligi texnologik ko’rsatkichlar bo’yicha, shuningdek, bozor nuqtai nazaridan baholanadi. Innovatsiyalar tasnifi shuni hisobga olgan holda tuziladi.
Innovatsiyalar tasnifi innovatsiyalarning qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun ma’lum bir belgilar bo’yicha muayyan guruhlarga taqsimlashni anglatadi.
Innovatsiyalar tasnifiy sxemalarini tuzish tasnifiy belgilarni aniqlashdan boshlanadi. Tasniflash belgisi innovatsiyalar ushbu guruhining o’ziga xos, boshqalardan ajratib turuvchi, uning asosiy xususiyatini ifodalaydi. Innovatsiyalarni tasniflash quyidagilarga imkon beradi:
innovatsiyalarni boshqarishning belgilangan usullaridan samarali foydalanish uchun har bir innovatsining innovatsiyalar umumiy tizimidagi o’rnini va ushbu innovatsiyaning boshqalardan farqlab turadigan tavsiflarini aniq belgilash;
innovatsion jarayonni oqilona tashkil qilish;
yangilik kiritish turiga u yoki bu strategiya turini bog’lab qo’yish;
innovatsion faoliyatning iqtisodiy mexanizmlari va tashkiliy shakllarini ishlab chiqish;
muayyan yangilik kiritish qoidalarini uni bozorda amalga oshirish va harakatlantirish shakllari bilan belgilash;
kodlash, turli avtomatlashtirilgan axborot operatsiyalari o’tkazish, ma’lumotlar to’plamlari yaratish va ulardan samarali foydalanish va h.k.
Barcha innovatsiyalar to’plamini ikki sinfga ajratish mumkin: jarayon innovatsiyalari va mahsulot innovatsiyalari.
Jarayon innovatsiyalari qatoriga resurslar belgilangan narxida mahsulot birligiga to’g’ri keladigan o’rtacha xarajatlarni kamaytiradigan tovar (xizmat) ishlab chiqarishning texnologik usulini har qanday takomillashtirish kiradi.
Mahsulot innovatsiyalari qatoriga esa tovarlar (xizmatlar) bozorida yangi mahsulot yaratishga olib keladigan ilmiy-texnik faoliyatning tijoratlashtirilgan natijalari kiradi.
Davlat siyosati maqsadlari uchun makrodarajada innovatsiyalarni bazis innovatsiyalar, yaxshilaydigan innovatsiyalar va soxta innovatsiyalarga ajratish maqsadga muvofiq.
Bazis innovatsiyalar qatoriga ishlab chiqarish tarmoqlari va quyitarmoqlarida jiddiy, strukturaviy o’zgarishlarga olib keladigan yangi avlod mashina va materiallari, tamomila yangi texnika va texnologiyalar yaratish va o’zlashtirishga yo’naltirilgan innovatsiyalar kiradi.
Yaxshilaydigan innovatsiyalar o’zlashtirilgan avlod texnika va texnologiyalarini tarqatish va takomillashtirish, mashina va materiallarning yangi modellarini yaratish, ishlab chiqarilayotgan tovarlar (xizmatlar) ko’rsatkichlari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Soxta innovatsiyalar - eskirgan texnikani (texnologiyani) qisman yaxshilash bo’yicha, jamiyat uchun samara keltirmaydigan yoki salbiy samara beradigan faoliyat.
Innovatsiyalarni yanada o’tkirroq tasniflash, ularni kodlash uchun tasniflarning har xil turlari taklif etiladi. Ta’kidlash joizki, innovatsiyalarni tasniflashni turli tasnifiy belgilar va mezonlardan foydalangan holda turli sxemalar bo’yicha amalga oshirish mumkin. Adabiyotlarda bir qator tasniflar keltiriladi.
Tasniflash sof belgilarni nazariy jihatdan tartibga solishdan tashqari, boshqaruvni amalga oshirish lozim bo’lgan innovatsiyalar yaratish jarayonini aks ettirishi ham lozim. Taklif etilayotgan tasniflash 1.2- jadvalda keltirilgan.
|
| |