|
Innovatsiyalar funksiyalari. «Innovatsiyalar» tushunchasi ta’rif
|
bet | 5/8 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 90,09 Kb. | | #130730 |
Bog'liq Innovatsiyalar funksiyalari.Moliyaviy tarkibiy qism
Byudjet mablag’lari
Byudjet va nobyudjet texnologik rivojlanish fondlari
Venchur fondlari
Pay va start fondlari
Kafolat strukturalari va fondlari
Kadrlar tarkibiy qismi
Innovatsiyalar sohasida xodimlar malakasini oshirish Texnologik va ilmiy menejment sohasida mutaxassislar tayyorlash
Axborot tarkibiy qismi
Davlat ilmiy-texnik axborot tizimi
Kichik biznesni qo’llab-quvvatla sh struktura resurslari
Mintaqaviy axborot tarmoqlari
Internet
Sotuv tarkibiy qismi
Tashqi savdo birlashmalari Ixtisoslashgan vositachilik firmalari Internet Ko’rgazmalar
rasm. Innovatsion infratuzilmaning umumiy sxemasi
Innovatsion infratuzilma g’oyalar ishlab chiquvchi innovatorlar va bu g’oyalarni muayyan mahsulot va xizmatlarda mujassam etuvchi
innovatorlarning mehnatini taqsimlash asosida shakllantiriladi. Bu mehnat turlari albatta, o’zaro bog’liq, lekin shu bilan bir paytda o’ziga xos hisoblanadi - agar «innovator-generator» yangi g’oyalar ishlab chiqishni tashlab, o’z ishlanmalarini sanoat va texnologik jihatdan amalga oshirishga, ayniqsa, muayyan marketingga «etkazish» bilan shug’ullanadigan bo’lsa, bu holatda shu vaqt davomida yangi g’oya ishlab chiqish jarayoni sezilarli darajada sekinlashadi yoki umuman to’xtab qoladi, bu esa kelgusida yuqori ixtisoslashuv bilan yangi g’oyalarni oxiriga yetkazish bilan shug’ullanuvchilar ish bilan ta’minlanishiga va ish joylariga ta’sir ko’rsatadi. Bundan infratuzilma ta’minotining bozor variantlari va bunday taqsimlashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi kelib chiqadi.
Innovatsion tadbirkorlik infratuzilmasi birinchi navbatda, alohida bo’lib o’tadigan va innovatsion deb nomlangan turga moslashib oladigan tadbirkorlikni ta’minlovchi tizimni ifodalaydi. U innovatsion sohaning tadqiqotchilik-loyihalash sektorini iqtisodiyotning real sektori va yakuni iste’molchi bilan birlashtiradi.
Quyida keltirilgan 1.4-jadvalda bir tomondan, bevosita innovatsiyalash, ya’ni innovatsiyalarni taklif sifatida yaratish uchun va innovatsion tadbirkorlik, ya’ni bu takliflarni amalga oshirish va ilgari surish uchun infratuzilma elementlarining mazmuni ochib berilgan.
|
| |