|
Innovatsiyalar funksiyalari. «Innovatsiyalar» tushunchasi ta’rif
|
bet | 2/8 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 90,09 Kb. | | #130730 |
Bog'liq Innovatsiyalar funksiyalari.1.2-jadval
Innovatsiyalar mazmunini belgilab beruvchilar
|
Kelib chiqishi
|
Endogen
Ekzogen
|
Yangiligi
|
Tamomila yangi Qisman yangi Lokal Imitatsion
|
Yangilik darajasi
|
MutlaqG’nisbiy
Shartli
Qisman
|
Yangilik saviyasi
|
Radikal
Ordinar
|
Innovatsion jarayon xususiyatlari
|
Tashkilotdagi ichki Tashkilotlararo
|
Intensivlik darajasi
|
Shov-shuvli bir tekisda ommaviy sust
|
Qo ’llanish tez-tezligi
|
Bir martalik takrorlanadigan
|
Tovar, texnologiya, tashkilotning hatiylik davri bosqichlari
|
Strategik marketing
Yangilikni ishlab chiqish va rasmiylashtirish Bir martalik joriy qilish Taktik marketing Diffuziya
|
Innovatsion jarayon bosqichlarining uzunligi
|
|
Yangilik kiritish turi va qo’Uanish sohasi
Texnologik
Texnik
Mahsulot
Tashkiliy
Ijtimoiy
Iqtisodiy
Ekologik
Axborot
Konstruktorlik
Maxsus va b.
Ishlab chiqish va tarqatish
Davlat
darajasi
Respublika
Mintaqaviy
Tarmoq
Korporativ
Firma
Xalq xo’jaligi tarmog’iga jalb
Fan sohasi
qilish
Ta’lim sohasi Ijtimoiy-madaniy soha Moddiy ishlab chiqarish sohasi
Moliyalashtirish manbasi
O’z mablag’lari Qarz mablag’lari
Davlat tomonidan moliyalashtirish Aralash moliyalashtirish
Miqyosi va ta ’sir etish kengligi
Global
Tarmoq
Lokal
Qo ’llanish sohasi va predmeti
Mahsulot
Bozor
Jarayon
Innovatsiyalar qo ’llanadigan
«Kirish»da
joy va soha
«Chiqish»da
Ichki iste’mol uchun innovatsiyalar Firmada to’plash uchun yangiliklar Sotish uchun innovatsiyalar
Innovatsion menejment tizimida
Ilmiy jo’rlik
innovatsiyalarni joriy qilish
Maqsadli
quyitizimi
Ta’minlaydigan
Boshqariladigan
Boshqaradigan
Innovatsiyalar ishlab chiqish va foydalanish sohalari va darajasini belgilab
beruvchilar
Ishlab chiqish va qo ’llanish
Sanoat
sohasi
Moliyaviy Ilmiy-pedagogik Savdo-vositachilik T ashkiliy-boshqaruv Ijtimoiy-iqtisodiy Maxsus va b.
Innovatsiyalar natijalarini belgilab beruvchi
Amalga oshirish mexanizmi
yolg’iz
xususiyatlari
tugallanganG’tugallanmagan muvaffaqiyatliG’ muvaffaqiyatsiz
Yangilik turi
KonstruksiyaG’qurilma
Texnologiya
materialG’buyum
mahsulot
jonli organizmlar
Iste’molchilarning
Mavjud ehtiyojlar
qondiriladigan ehtiyojlar xarakteri
Yangi ehtiyojlar shakllantirish
Tarqalish miqyosi
Yangi tarmoq yaratish
Xalq xo’jaligining barcha soha va tarmoqlarida qo’llash
Originallik yoki o ’zgarishlar
Original
xarakteri
Nooriginal
Innovatsion salohiyat
Radikal
aralash
modifikatsiyalangan (soxta innovatsiyalar)
Ijtimoiy ishlab chiqarish omili
Ishchi kuchi Ishlab chiqarish vositasi Mehnat predmeti Mohiyat mahsuli Mehnat jarayoni
Samaradorlik va samara turi
Ijtimoiy Ekologik Ilmiy-texnik Iqtisodiy (tijorat) Integral
Unumdorlik (mahsuldorlik)
Yuqori
Barqaror
Past
Kutilayotgan bozor qamrovi
Lokal
Tizimli
Innovatsiyalar natijalarini belgilab beruvchilar
Yangilik shakli
Kashfiyot, ixtiro, patentlar nou-xau
ratsionalizatorlik takliflari
tovar belgisi, savdo markasi, emblema
yangi hujjatlar
Vazifasi
T akomillashtirish to’ldirish o’rnini egallash siqib chiqarish
Barcha yangiliklar to’plamida birinchi navbatda ishlab chiqarish apparati, mahsulot va tashkilotni o’zgartirgan hamda strategik rejada firma foydaliligi va iqtisodiy barqarorligini kafolatlagan holda eng katta o’zgartiruvchi funksiyalarga ega bo’lgan yangiliklarni ajratib ko’rsatish lozim.
Bitta innovatsiyaning o’zi turli firmalarda o’zini turlicha tutadi: bir holatda u ishlab chiqarish va mahsulotni yangilab, ularni yangi sifat (yoki son) holatiga o’tkazishga ko’maklashadi, boshqa holatda esa - yo’q. Hamma narsa firma tovari, asosiy kapitali va boshlang’ich holatiga bog’liq bo’ladi.
Tabiiyki, bazis innovatsiyalarni birinchi navbatda qo’llab-quvvatlash maqsadga muvofiq. Resurslar chegaralangan holatlarda boshqaruv organi tashkilot imkoniyatlariga va tanlab olingan rivojlanish taktikasi va strategiyasiga ko’proq mos keladigan innovatsiyani tanlab oladi.
Yuqorida keltirilgan tasnif shundan dalolat beradiki, yangiliklar kiritish jarayoni rang-barang va xarakteri bo’yicha xilma-xil hisoblanadi. Shu sababli turli mualliflar tomonidan taklif etiladigan innovatsiyalarning ko’plab klassifikatorlari mavjud. Innovatsiyalar tasnifini turli sxemalar, guruhlash tamoyillari, tashkil qilish usullari va tasniflash belgilari bo’yicha amalga oshirish mumkin. Taqdim etilgan innovatsiyalar tasnifi har xil belgilar bo’yicha uchta yirik guruhga ajratilgan. Mazkur tasnif innovatsiyalar qo’llanadigan va foydalaniladigan juda keng doiralarni qamrab oladi, innovatsiyalarni tasniflash va tartibga solishda tasniflash belgilari takrorlanishini istisno qiladi.
Innovatsion faoliyat
Innovatsion faoliyat - yakunlangan ilmiy tadqiqot va loyihalar natijalari yoki boshqa ilmiy-texnik yutuqlarni (fan-texnika yutuqlarini) yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga; bozorda sotiladigan, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek, shu bilan bog’liq qo’shimcha ilmiy tadqiqot va loyihalargajoriy qilishgayo’naltirilganjarayondir [73].
2006 yil 7 avgustdagi “Фан ва технологиялар ривожланишининг мувофиклаштириш ва бошкаришни такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида”ги O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori va 2007 yil 7 sentyabrdagi ‘Инновация илмий-техника дастурларини шакллантириш ва амалга ошириш тартиби тугрисидаги низомни тасдиклаш хдкида”ги O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasining, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining,O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qarorida quyidagi ta’rif taklif etiladi: «Innovatsion faoliyat - yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish, ishlab chiqarishda o’zlashtirish va (yoki) amaliy qo’llash bo’yicha ishlar bajarish va (yoki) xizmatlar ko’rsatish» .
Innovatsion faoliyat qatoriga quyidagi faoliyat turlarini kiritish taklif etiladi:
amaliyotda qo’llash uchun mo’ljallangan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqotchilik, tajriba- konstruktorlik yoki texnologik ishlar bajarish;
yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy qilish uchun ishlab chiqarishni tayyorlash va texnologik qayta jihozlash;
yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko’rishni amalga oshirish;
xarajatlar o’zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon qo’llash, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish;
yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo’yicha faoliyat;
innovatsion infratuzilma yaratish va rivojlantirish;
innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
sanoat mulki ob’ektlari yoki maxfiy ilmiy-texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish yoki xarid qilish;
yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish va (yoki) amaliyotda qo’llash bo’yicha ekspertiza, maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar ko’rsatish;
innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil qilish.
Innovatsion faoliyat sub’ektlari. Innovatsion faoliyat sub’ektlari
quyidagilar hisoblanadi [41]:
innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar;
innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion korxonalari;
innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk egalari: korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, «nou-xau», kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar;
innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar: banklar, fondlar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;
innovatsion jarayonga xizmat ko’rsatadigan va uning infratuzilmasini ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va h.k.;
innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari.
Innovatsion faoliyat mahsulotlari. Sub’ektlar o’rtasida ular borasida iqtisodiy va huquqiy munosabatar vujudga keladigan innovatsion faoliyat mahsulotlari (natijalari) quyidagilar hisoblanadi [41]:
muayyan innovatsiyalarni o’zlashtirish natijalari va texnologiyalarni belgilab beradigan innovatsion loyihalar (biznes- rejada o’z aksini topadigan oraliq natija);
yakuniy mahsulotni sotishda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik samarani ta’minlaydigan texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishda o’zlashtirish;
fan-texnika yutuqlarining natijasi hisoblangan tamomila yangi va yaxshilangan mahsulotlar (tovar va xizmatlar).
Innovatsion jarayon. Innovatsion jarayonlarni tezlashtirish va
sekinlashtirishning asosiy omillari
Innovatsiya statikada ham, dinamikada ham ko’rib chiqilishi mumkin. Agar statikada yangilik kiritish bu - yangiliklarni tijoratlashtirishning yakuniy natijasi bo’lsa, dinamikada - yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va tarqatish murakkab jarayoni hisoblanadi.
Innovatsion jarayon yangi g’oya paydo bo’lganidan torib to bozorda sotiladigan mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarish amalga oshirilgunga qadar bo’lgan o’zaro bog’liq bosqichlar murakkab zanjirini ifodalaydi. Umumiy jihatdan innovatsion jarayon bu - voqea-hodisalarning ketma- ketlikdagi zanjiri bo’lib, uning davomida yangilik oddiy bir g’oyadan muayyan mahsulot, texnologiya yoki xizmatgacha “pishib yetadi” va xo’jalik amaliyotida tarqaladi.
Bu jarayonni quyidagi sxema ko’rinishida aks ettirish mumkin:
FI ^ PI ^ R ^ Pr ^ S ^ Os ^ PP ^ M ^ Sb,
bu yerda
FI - fundamental tadqiqotlar; Sb - sotuv.
PI - amaliy tadqiqotlar;
R - ishlanmalar;
Pr - loyihalashtirish;
S - qurilish;
Os - o’zlashtirish;
PP - sanoat ishlab chiqarishi;
M - marketing;
Innovatsion jarayon biron-bir iqtisodiyot sub’ektining innovatsion faoliyatini, ya’ni yakunlangan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar yoki boshqa fan-texnika yutuqlarining natijalarini bozorda sotiladigan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek, bu bilan bog’liq qo ’shimcha tadqiqot va ishlanmalarga joriy qilishgayo ’naltirilgan jarayondir.
Innovatsion jarayonning mohiyati shunda namoyon bo’ladiki, u innovatsiyalar tashabbusi bilan chiqish, yangi mahsulot va operatsiyalar ishlab chiqish, ularni bozorda sotish va diffuziyalash bo’yicha maqsadli yo’naltirilgan harakatlar zanjirini ifodalaydi.
Innovatsion jarayon yettita elementni o’z ichiga oladi, ularning umumiy bir ketma-ketlikdagi zanjirga birlashuvi innovatsion jarayon strukturasini tashkil etadi (1.2-rasm).
Innovatsion jarayonning boshlanishi tashabbus ko’rsatish (initsiatsiya) hisoblanadi. Initsiatsiya bu - innovatsiya maqsadini tanlash, innovatsiya bajaradigan vazifani belgilash, innovatsiya g’oyasini izlab topish, uni texnik-iqtisodiy asoslab berish va g’oyani moddiy holatga keltirishdan iborat bo’lgan faoliyatdir.
|
| |