|
Innovatsiyalar funksiyalari. «Innovatsiyalar» tushunchasi ta’rif
|
bet | 3/8 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 90,09 Kb. | | #130730 |
Bog'liq Innovatsiyalar funksiyalari.G’oyani moddiy holatga keltirish g’oyani tovarga aylantirishni, yani mulkka, yangi mahsulotga, mulkiy huquq hujjatiga (nou-xau, texnologiyadan foydalanish huquqi litsenziyasi) va texnologik operatsiya bo’yicha hujjatga aylantirishni anglatadi. Tashabbus ko’rsatish nafaqat innovatsion jarayonning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi, balki innovatsion jarayon borishining yanada normal davom etishi uchun asos ham sanaladi.
Yangi mahsulot (operatsiya) asoslab berilgach, taklif etilayotgan innovatsiyaning marketing tadqiqotlari o’tkaziladi. Marketing tadqiqotlari davomida yangi mahsulot yoki operatsiyaga talab o’rganiladi, agar ular limitlanadigan bo’lsa ularni chiqarish hajmi yoki soni belgilanadi innovatsiyaga bozorga kirib orayotgan tovar sifatida baxshida etish lozim bo’lgan tovar tavsifnomalari va iste’mol xususiyatlari aniqlanadi. So’ngra innovatsiyani sotish, ya’ni bozorda innovatsiyaning kichik partiyasi paydo bo’lishi, uni ilgari surish, samaradorligini baholash va diffuziyalash amalga oshiriladi.
Innovatsiyani ilgari surish innovatsiyalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar majmuini ifodalaydi (axborot uzatish, reklama, savdo jarayonini tashkil qilish va b.).
Innovatsiyani amalga oshirish natijalari va uni ilgari surish xarajatlari statistik qayta ishlanadi va tahlil qilinadi, buning asosida innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqiladi. Innovatsion jarayon innovatsiyalar diffuziyasi bilan yakun topadi.
Innovatsiyalar diffuziyasi bir marta o’zlashtirilgan innovatsiyani yangi mintaqalar, yangi bozorlar va yangicha moliyaviy-iqtisodiy sharoitlarda tarqatishni ifodalaydi. Diffuziya moliyaviy innovatsiya tavsifnomasi yoki uni harakatlantirish shartlarining o’zgarishi (bank foiz stavkasi, depozit muddati va h.k.ning o’zgarishi), yangi sotuv bozoralrini egallab olish va h.k. bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Innovatsion faoliyat mavjud korxona, bank va boshqa sub’ektlarning faoliyat turlaridan biri sifatida ham, muayyan innovatsion loyiha yoki dasturni amalga oshirish uchun tashkil etilgan yoxud innovatsion faoliyat asosiy faoliyat turi hisoblangan ixtisoslashgan yuridik shaxslar - innovatsion korxonalar, banklar, fondlar, konsorsiumlar va h.k. tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
jadvalda innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi omillar tizimi ko’rsatilgan.
1.3-jadval
Omillar
guruhi
|
Faoliyatga to’sqinlik qiluvchi omillar
|
Faoliyatga xizmat qiluvchi omillar
|
Iqtisodiy,
texnologik
|
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag’lar yetishmasligi; moddiy va ilmiy-texnik bazaning kuchsizligi va eskirib qolgan texnologiyalar; zaxira quvvatari yo’qligi; joriy ishlab chiqarish manfaatlari ustunlik qilishi
|
Moliyaviy, moddiy-texnik vositalar zaxiralari, ilg’or texnologiyalar, zarur xo’jalik va ilmiy-texnik infratuzilma mavjudligi;
innovatsion faoliyat uchun moddiy rag’batlantirish
|
|
|
| |