Siyosiy,
huquqiy
|
Monopoliyaga qarshi, soliq, amortizatsiya, patent-litsenziya qonunchiligi tomonidan cheklovlar
|
Innovatsion faoliyatni qo’llab- quvvatlaydigan qonunchilik choralari (ayniqsa, imtiyozlar); innovatsiyalarning davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanishi
|
Tashkiliy-
boshqaruv
|
Barqaror tashkiliy strukturalar; ortiqcha markazlashtirish; avtoritar boshqaruv uslubi;
vertikal axborot oqimlari ustunligi; mahkamalar yopiqligi; tarmoqlararo va tashkilotlararo aloqalar qiyinligi;
rejalashtirishda qat’iylik; mavjud bozorlarga yo’nalganlik; qisqa muddatli o’zini oqlashga yo’nalganlik;
innovatsion jarayon qatnashchilari
|
Tashkiliy strukturalar moslashuvchanligi; demokratik boshqaruv uslubi; gorizontal axborot oqimi ustunligi;
o’zini-o’zi rejalashtirish; tuzatish kiritishga yo’l qo’yish; nomarkazlashtirish; mustaqillik
|
|
manfaatlarini muvofiqlashtirish qiyinligi
|
|
Ijtimoiy-- psixologik , madaniy
|
Maqomning o’zgarishi, yangi ish izlash zarurati kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarga qarshilik;
mavjud faoliyat usullarini qayta qurish; xulq-atvor stereotiplarining buzilishi; an’analar shakllanishi; noaniqlikdan qo’rqish; muvaffaqiyatsizlik uchun jazolanishdan qo’rqish;
tashqaridan keladigan yangiliklarga qarshilik ko’rsatish
|
Ma’naviy rag’batlantirish; jamiyatda tan olish; shaxsiy kamol topish imkoniyatlarini ta’minlash; ijodiy mehnatni ozod etish; mehnat jamoasida normal psixologik muhit
|
Innovatsion jarayonlar sekinlashuvi va tezlashuvining asosiy omillari. Innovatsion jarayon - tashkil etish va boshqaruv bilan birlashtiriladigan, funksiyalar to’plami bilan yaniliklar olish yagona maqsadiga ega bo’lgan, ijodiy mehnatning har xil turlari doimiy o’zgaruvchan kombinatsiyasidir. Shunday qilib, uning dinamikasida asosiy omillar sifatida birinchi navbatda, quyidagilarni ko’rib chiqish lozim: mehnat elementlari, uning motivatsiyasi, resurslar bilan ta’minlanganligi, tashkil qilish va boshqarish, raqobat, atrof-muhit sharoitlari. Bu ob’ektiv omillar yig’indisi bilan bir qatorda bir guruh sub’ektiv omillar ham amal qiladi: strategiya, siyosat, risk va h.k.
Tahlil maqsadlari va asosiy tasniflash belgilariga qarab, barcha omillar yig’indisini quyidagilarga taqsimlash mumkin: tashqi va ichki omillar, asosiy va to’ldiruvchi omillar, ob’ektiv va sub’ektiv omillar, bozor omillari va bozordan tashqari omillar, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy omillar va h.k.
Innovatsion faollik omillari to’plami tarkibida innovatsion jarayonlarni sekinlatadigan omillar ham amal qiladi. Ular «innovatsion to’siqlar» deb ataladi. Ularni tahlil qilish beshta asosiy salbiy omilni ajratib ko’rsatishga imkon beradi [41]:
texnik omillar;
tasniflash omillari;
ijtimoiy asoslangan omillar;
tartibga solish omillari;
iqtisodiy omillar.
Tabiiyki, har qanday innovatsion jarayonga ijobiy va salbiy omillar butun tizimi ta’sir ko’rsatadi. Ularning ta’sirini baholash hamda eng katta muvaffaqiyatga erishish va uchrashi mumkin bo’lgan riskni pasaytirish uchun sharoitlar tanlash - har qanday pog’onadagi boshqaruv organlarining vazifasi, davlat, mintaqa, firmaning innovatsion siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishning ajralmas bir tarkibiy qismidar.
Innovatsion faoliyat infratuzilmasi.
Kichik biznes innovatsion infratuzilmasini qo’llab-quvvatlash
Innovatsion faoliyat infratuzilmasining rivojlanish darajasi innovatsion siyosatni amalga oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri sanaladi.
Xorijiy adabiyotlarda «innovatsion infratuzilma» atamasi yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni yaratish, ishlab chiqarishda o’zlashtirish va (yoki) amaliyotda qo’llash bo’yicha xizmatlar ko’rsatadigan tashkilotlar yig’indisi sifatida ta’riflanadi .
Innovatsion faoliyat infratuzilmasi - innovatsion faoliyat sub ’ektlariga innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo ’lgan xizmatlar ko ’rsatuvchi tashkilotlar [41].
Innovatsion faoliyat infratuzilmasi sub’ekti deb innovatsion faoliyat sub’ektlariga ishlab chiqarish, texnik, konsalting, moliyaviy, axborot va boshqa turdagi xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik shaxslar tan olinadi (batafsilroq 1.3-rasmga qarang).
Ishlab chiqarish-texnologik tarkibiy qism
|
|
|
Innovatsion-texnologik markazlar va texnoparklar Innovatsion-sanoat komplekslari Texnologik klasterlar Texnik-joriy qilish hududlari
Yuqori texnologiyali asbob-uskunalarlardan jamoaviy foydalanish markazlari
|
|
|
Konsalting tarkibiy qismi
|
|
|
Texnologiyalar transferi markazi Moliya va iqtisod sohasida konsalting Texnologik konsalting Marketing konsaltingi
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida konsalting
|
|