Innovatsiyalar funksiyalari. «Innovatsiyalar» tushunchasi ta’rif




Download 90,09 Kb.
bet8/8
Sana05.01.2024
Hajmi90,09 Kb.
#130730
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Innovatsiyalar funksiyalari.

Ixtiro bu - yangi uskuna, mexanizm, vosita, texnologiya, usul va inson tomonidan yaratilgan boshqalarda o’z aksini topadigan tadqiqot natijasidir.
Kashfiyot bu - tadqiqotlarning, ehtimol, qo’shimcha natijasi hisoblanadi. Kashfiyotlar va ixtirolar qoidaga ko’ra, fundamental darajada yuzaga keladi va kamdan-kam hollarda yakka shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ular tasodifan ro’y berishi va foyda olish maqsadini ko’zlamasligi ham mumkin.
Jarayon innovatsiyalari qatoriga resurslar belgilangan narxida mahsulot birligiga to’g’ri keladigan o’rtacha xarajatlarni kamaytiradigan tovar (xizmat) ishlab chiqarishning texnologik usulini har qanday takomillashtirish kiradi.
Mahsulot innovatsiyalari qatoriga esa tovarlar (xizmatlar) bozorida yangi mahsulot yaratishga olib keladigan ilmiy-texnik faoliyatning tijoratlashtirilgan natijalari kiradi.
Davlat siyosati maqsadlari uchun makrodarajada innovatsiyalarni bazis innovatsiyalar, yaxshilaydigan innovatsiyalar va soxta innovatsiyalarga ajratish maqsadga muvofiq.
Tabiiyki, bazis innovatsiyalarni birinchi navbatda qo’llab-quvvatlash maqsadga muvofiq. Resurslar chegaralangan holatlarda boshqaruv organi tashkilot imkoniyatlariga va tanlab olingan rivojlanish taktikasi va strategiyasiga ko’proq mos keladigan innovatsiyani tanlab oladi.
Innovatsion jarayonning mohiyati shunda namoyon bo’ladiki, u innovatsiyalar tashabbusi bilan chiqish, yangi mahsulot va operatsiyalar ishlab chiqish, ularni bozorda sotish va diffuziyalash bo’yicha maqsadli yo’naltirilgan harakatlar zanjirini ifodalaydi.
Innovatsion jarayon dinamikasida asosiy omillar sifatida birinchi navbatda, quyidagilarni ko’rib chiqish lozim: mehnat elementlari, uning motivatsiyasi, resurslar bilan ta’minlanganligi, tashkil qilish va boshqarish, raqobat, atrof-muhit sharoitlari. Bu ob’ektiv omillar yig’indisi bilan bir qatorda bir guruh sub’ektiv omillar ham amal qiladi: strategiya, siyosat, risk va h.k.
Texnologiyalar transferi markazlari (TTM) ilmiy-texnik natijalarning tijoratlashuvini tezlatishi, kichik innovatsion korxonalar, jumladan, texnoparklar va innovatsion-texnologik markazlar tarkibida yaratishni ta’minlashi ko’zda tutilgan
Mustaqillik yillarida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimida chuqur sifatiy o’zgarishlar amalga oshirildi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi innovatsiya xisobiga yangilandi. Mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o’rni va mavqei toboro mustahkamlanib bormoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning ustuvor yo’nalishlaridan biri iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion islohotlar, tub yangilanishlarni modernizatsiya qilinishi hisoblanib, u makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, korxonalarni yangi texnologiyalar bilan jihozlash, iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini oshirishga asoslanadi. Ushbu jarayon, shubhasiz mamlakatning innovatsion, iqtisodiy salohiyatini oshirish bilan bir paytda, undan unumli foydalanishni nazarda tutadi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Ushbu siyosat, avvalo, mamlakatning iqtisodiy qudratini yanada mustahkamlash, boy tabiiy, xom ashyo va mehnat resurslari, intelektual va ilmiy-texnikaviy salohiyatimizdan to’la va samarali foydalanishga yo’naltirilgan bo’lishi
darkor. Shuni takror aytish joizki,bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan , har tomonla asosli va chuqur o’ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to’siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini sratdi”. 1
Darhaqiqat mamlakatning jahon xo’jalik tizimiga faol kirib borishi, iqtisodiyotning ochiqligini kengaytirish va erkinlashtirish, innovatsiya asosida modernizatsiya qilish sharoitida O’zbekistonda iqtisodiy o’sishni barqaror sur’atlarni ta’minlashga alohida ahamiyat berilishini taqazo etadi. Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi O’zbekiston uchun hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyotda sanoat- innovatsion rivojlanish strategiyasi iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish, mahsulotlarning raqobatli turlarini ishlab chiqarish va tovarlar eksportini o’stirish uchun sharoitlar yaratishni ta’minlashi hozirgi kunning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining hozirgi holati milliy iqtisodiyotda innovatsion o’zgarishlarni amalga oshirish sur’atlarini jadalashtirishni talab etmoqda. Iqtisodiyoti rivojlangan mamalakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki chuqur, samarali innovatsion strategiyani amal qilishi mamlakat iqtisodiy va tabiiy omillaridan oqilona foydalanish orqaligina amalga oshirish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida iqtisodiyot innovatsion shakllanishi eng avvalo iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi tarmoqlar hisobiga yuz beradi, bu esa o’z navbatida mamlakat iqtisodiyotini xom ashyo eksport qilishini kamaytirish bilan birga uni qayta ishlashni rivojlantirishga, valyuta mablag’larining tejalishiga, aholi bandligining oshishiga sabab bo’ladi. Ushbu omillar o’z navbatida innovatsiya strategiyasini amalga oshirish mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o’rnini mustahkamlanishiga olib keladi. Biroq, bugungi fan texnika taraqqiyoti, qolaversa jahon bozorida ro’y berayotgan innovatsion o’zgarishlar erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolishga imkon bermaydi.
Mazkur masalaning ijobiy hal qilinishi esa iqtisodiy mustaqillikka erishish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Mamlakatda iqtisodiyotning tashqi omillarga ta’sirchanligini kamaytirish uchun yuqori texnologiyali ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion jarayonni amalga oshrishdan maqsad investitsiyalashtirishning sifat o’zgarishini ta’minlagan holda sub’ektlar olayotgan foyda o’sib borishiga erishishdan iborat. Chunki har qanday iqtisodiy jarayon ishlab chiqarish jarayonidagi ishlab chiqarish resurslarini iqtisodiy mahsulotlarga aylantirish bilan bog’liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin raqobatga sub’ektlar o’zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bilan bardoshli bo’lishlarini, mavjud resurslarni iqtisodiy mahsulotlarga aylantirishda ilg’or ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga asoslanishni talab etuvchi bu jaraen uchun ma’lum vakt zarur. Bu vaktni tejash ham innovatsion yutuqlarga va ularni qo’llash darajasiga bog’liq.
Innovatsion mablag’larni ishlab chiqarishga sarflash, ishlab chiqarish omillariga aylanishida ular ikki xil xususiyatga ega ekanligini ko’rish mumkin. Innovatsion investitsiya mablag’larining asosiy qismi yangi ishlab chiqarish binolarini, ishlab chiqarish vositalarini xozirgi zamon fan va texnika yutukdari asosida tashkil etishga bog’liq bo’lsa, kolgan kismi ishlab chikarish uchun zarur bo’lgan yangi xom ashyolarni yaratish bilan bogliq bo’ladi. Ishyuvatsion investitsiya mablaglarining ishlab iqarish vositalarida ifodalangan kismi qiymatlari uzok muddatlarda amortizatsiya| mablag’lari orqali koplanishi innovatsion jarayonlarni bozor talablari asosida kisqa muddatlarda yangilashda ma’lum kiyinchiliklar tug’diradi. Xom ashyolarda innovatsion investitsiya mablaglaridan foydalanish biroz yengilroq. chunki bu innovatsion mablag’larning doiraviy harakati birmuncha tezdir,
Innovatsion investitsiyalashtirish bazisli, ya’ni fundamental innovatsion investitsiyalashtirishga, innovatsion jarayonlarni yaxshilash bilan bogliq investitsion innovatsionga, qisman yangilanishga asoslangan innovatsion investitsiya xarajatlariga bo’linadi. Bazisli innovatsion investitsiya xarajatlari asosan ilm-fan va texnika taraqqiyotidagi yuqori darajali yutuqlarda, yangi texnika va ishlab chikarish texnologiyalari; innovatsion jarayonni yaxshilash bilan bogliq bo’lgan investitsiya esa asosan o’rtacha ahamiyatga ega ishlab chiqarishga aloqador bo’lib, u fan va texnikanint mukobil rivojlanish davrida o’rtacha doirada yangiliklarni kashf etish va ularni tatbiq qilishda, jismoniy va ma’naviy jihatdan iktisodiy ahamiyatini yo’kotgan texnika va texnologiyalar ma’lum darajada qisqa muddatlarda takomillashtirilishida ifodalanadi.Bu holat fikrimizcha, kalbakilashtirilgan innovatsion jarayonni ifoda etadi.
Iniovatsion jarayonni amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlarini 9.2-rasmda ko’rish mumkin.
Innovatsion jarayonni rivojlantirish innovatsion muhitning shakllanish darajasiga bog’liq. Innovatsion harakatlar ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlik mavjud bo’lgan takdirdagina innovatsion muhit yaratishi mumkin.
Barqaror ustuvor raqobatbardoshlikni ta’minlashda ilmiy - texnik inqilobning (ITI) yangi bosqichidagi rivoji tashqi muhitdagi asosiy omillardan hisoblanadi. Chunki uning asosida eski tarmoqlar, mamlakat ichidagi va millatlararo aloqalar buzilib, sifat jihatidan yangi texnologiya jarayonlari vujudga keladi. ITI talablariga nisbatan mos iqtisodiyotning tuzilmaviy qayta ko’rish lozim. Bunga kapitalni tarmoqlararo va mintaqalararo oqib o’tishidagi to’sqinliklarni pasaytirish, istiqbolli ishlab chiqarishlarni rag’batlantirish, ilmiy-tekshirish va tajriba - konstruktorlik ishlari rivojiga moliyaviy kreditlash asosida ma’muriy-huquqiy ko’maklashish orqali erishiladi


Sanoat tarmoqlarining iqtisodiy o’sishga erishishida innovatsion o’sishning samarali mexanizmini shakllantirish amalda davlatning bozor iqtisodiyotida strategik-innovatsion funksiyasini amalga oshirishga imkon beradi.
Iqtisodiy o’sishning intensiv turi o’ziga xosligi shundaki, ishlab chiqarishni kengaytirishga o’sish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, xususan, ilg’or texnologiyalarni qo’llash, yuqori malakali va mehnat mahsuldorligi baland bo’lgan ishchi kuchidan foydalanish hisobiga erishiladi. Bu holatda ishlab chiqarish real hajmining o’sish sur’atlari uni ishlab chiqarishning jami xarajatlari o’zgarish sur’atidan yuqori bo’ladi.


9.2-rasm

Bozor iqtisodi ishlab chiqarish sub’ektlarini innovatsion jarayonni amalga
oshirish xususiyatlari




Manba:Asamxadjaev F. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalarini tarkibiy qayta qurish jarayonni amalga oshirish strategiyasi / /. iqtisodiyot va ta’lim, №2, 2008



1И.А.Каримов жахрн молиявий-и^тисодий ин^ирози, Узбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йуллари ва чоралари. “Узбекистон” 2009 й. 31 бет.
228

Download 90,09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 90,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar funksiyalari. «Innovatsiyalar» tushunchasi ta’rif

Download 90,09 Kb.