• 3-DARS ALOQA VOSITALARI ALOQA VOSITALARI 155
  • I I I BOB.  ALOQA VOSITALARI




    Download 49,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet113/265
    Sana19.05.2024
    Hajmi49,29 Mb.
    #244032
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   265
    Bog'liq
    11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adres

    I I I BOB. 
    ALOQA VOSITALARI
    154
    7.
    Sakkizta simni tartibga solib, ularni siqishga 
    tayyorlang. Yuqoridagi jadvalga rioya qiling va 
    simlarni T-568A sxemasiga muvofiq tartibga soling. 
    Simlarni tartibga keltirgandan so‘ng ularni bir-biriga 
    yaqinroq tuting. Jarayon davomida simlarni mahkam 
    ushlagan holda 30 soniya turing.
    8.
    Qobig‘idan 0,5 cm qoldirib, simlar uchini qaychi bilan 
    tekis kesib tashlang. 
    9.
    Simlarni ulagich ichiga kiriting, bunda har bir sim о‘z uyasiga kirganligiga ishonch 
    hosil qiling. Hech qaysi sim ishdan chiqmaganligini tekshiring. Barcha 8 ta simni 
    ular ulagich uchiga tekkunga qadar suring.
    10.
    So‘ngra siqish vositasini olib, ulagichni imkon 
    qadar siqish uyasiga siljiting. Butun ulagich siqish 
    vositasining ichiga joylashishi lozim. Ulagichni siqish 
    uchun asbobni bor kuchingiz bilan emas, avaylabroq 
    siqib qо‘ying.
    11.
    Kabelni asbobdan chiqaring. Hammasi joyida 
    ekanligiga ishonch hosil qilish uchun barcha 
    ulanishlarni tekshiring.
    12.
    Ulagich ustiga himoyalovchi rezinani siljiting (agar 
    mavjud bо‘lsa).


    3-DARS
    ALOQA VOSITALARI
    ALOQA VOSITALARI
    155
    1. Simsiz tarmoqlar tarmoqdagi qurilmalarni qanday bog‘laydi?
    2. Tarmoqqa ulanish uchun optik tolali kabeldan foydalanishning ikkita afzalligini aytib 
    bering.
    3. Bluetooth qanday texnologiya?
    4. Wi-Fi nima maqsadda ishlatiladi?

    Topshiriqlar
    1.
    Tarmoq tavsiflari:
    Tarmoqning 
    afzalliklari
    Tarmoqning 
    kamchiliklari
    Printer, skaner kabi qurilmalarni ulashish 
    mumkin.
    Fayllarni boshqalarga ulashish mumkin.
    Kabel va kompyuter tarmoqlari qurilmalari 
    qimmat turadi.
    Foydalanuvchilar elektron pochta orqali bir-
    birlariga xabarlar yuborishi mumkin.
    Tarmoqni boshqarish uchun vaqt va xarajat talab 
    etiladi.
    Fayllarni markaziy kompyuterda saqlash va 
    zaxira nusxasini yaratish mumkin.
    Ma‘lum bir papka yoki faylga ixtiyoriy 
    kompyuterdan kirish mumkin.
    2.
    Maktabda kompyuter tarmoqlarini tashkil etishning uchta afzallik jihatlarini yozing.
    3.
    Tarmoqqa Toshkentdan 1 ta, Rossiyadan 1 ta va Germaniyadan 2 ta kompyuter ulangan. Bu 
    qanday tarmoq hisoblanadi?
    A. LAN D. PAN
    B. WAN E. HAN
    4.
    Yorug‘lik (nurlar) yordamida ma‘lumotlarni yuboruvchi kompyuterlarni jismonan 
    birlashtiruvchi aloqa vositasi nomini toping.
    5.
    Kompyuterlarni bir-biriga bog‘lovchi, turli tarmoqlarni birlashtira oluvchi komponent nomini 
    toping.

    Download 49,29 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   265




    Download 49,29 Mb.
    Pdf ko'rish