I V BOB.
MOBIL ALOQA TIZIMI
214
1G
Yili
1970–1984
Tezligi
1,9 kbit/s
Standarti
AMPS, TACS, NMT
Turi
Analog
Xizmatlari
2G
Yili
1991
Tezligi
9,6–384 kbit/s
Standarti
GSM, CDMA, GPRS, EDGE
Turi
Raqamli
Xizmatlari
SMS/MMS
3G
Yili
2001
Tezligi
2–14 Mbit/s
Standarti
UMTS/ HSDPA
Turi
Raqamli
Xizmatlari
SMS/MMS,
Internet,
videoqo‘ng‘iroq, Mobil TV
4G
Yili
2010
Tezligi
100 Mbit/s – 1 Gbit/s
Standarti
LTE, LTE-Advanced
Turi
Raqamli
Xizmatlari
SMS/MMS, Internet,
videoqo‘ng‘iroq, Mobil TV,
o‘yin xizmatlari,
bulutli
hisoblash
3-DARS
MOBIL ALOQA TIZIMI
MOBIL ALOQA TIZIMI
215
5G
Yili
2020–2030
Tezligi
3,6 Gbit/s
Standarti
IMT-2020
Turi
Raqamli
Xizmatlari
Internet,
tezkor xabarlar,
videoqo‘ng‘iroq,
Mobil TV HD,
Mobil TV 3D,
o‘yin xizmatlari,
bulutli hisoblash, IoT
1G tarmoqlari.
Mobil aloqalarning analogli 1-avlodi faqat ovozli aloqalarnigina tashkil etish
prinsipiga asoslangan bo‘lib, telefon aloqalar va ayrim tayanch xizmatlar uchun ishlatilgan. 1G
tarmoqlari NMT, AMPS va TACS standartlari asosida ishlab chiqilgan.
2G tarmoqlari.
2G tizimlari ovozni analog tarzda emas, balki raqamli ko‘rinishda
uzatadi
va qisqa xabar (SMS)ni qabul qiladi. 2G tarmoqlari bir-biri bilan bog‘lanib, telefonga
boshqa tarmoqlardan foydalanish imkonini berdi. 2G tarmoqlari GSM, CDMA, GPRS, EDGE
standartlari asosida ishlaydi.
3G tarmoqlari.
3G tizimlari so‘z, rasm,
video uzatish, multimedialarni yuqori sifatli darajada
uzatish, Internetdan foydalanish, onlayn o‘yinlar hamda mobil
telefon va kompyuterlar
o‘rtasida ma’lumotlar almashishni ta’minlaydi. 3G tarmoqlari UMTS, HSDPA standartlariga
asoslangan bo‘lib, 3,6 Mbit/s gacha tezlikda ishlay oladi.
4G tarmoqlari.
4G standarti katta hajmli ma’lumotlarni
uzata oladi, multimediani qo‘llab-
quvvatlaydi va sekundiga 100 megabit tezlikkacha bo‘lgan IPga yo‘naltirilgan tarmoq. Mobil
aloqalarning to‘rtinchi avlodiga LTE (3GPP Long Term Evolution), LTE-Advanced standartlari
kiradi. 4G standarti amalda 1 Gbit/s gacha tezlikda ishlay oladi. 4G
standarti yagona
standartga asoslangan bo‘lib, Internet tarmog‘i uning asosini tashkil etadi.