3-DARS
BULUTDAGI HUJJATLAR BILAN ISHLASH
BULUTDAGI HUJJATLAR BILAN ISHLASH
211
Topshiriqlar
1. Kichik guruhlarga bo‘lining. Har bir guruh qur’a tashlash orqali Google xizmatlaridan
birini tanlab oladi.
2. Tanlangan Google xizmatining maqsadi, imkoniyatlari hamda unda ishlash bo‘yicha
yo‘riqnoma tayyorlang. Material tayyorlash uchun vazifalarni guruh ichida taqsimlab
oling.
3. Googlening taqdimot muharriri yordamida guruh sardori yangi taqdimot yaratadi va
qolganlarga ushbu taqdimotda hamkorlikda ishlash uchun ruxsat beradi.
4. Guruhning qolgan a’zolari elektron pochtalariga kelgan xabar orqali taqdimot
muharririni ishga tushirishadi va tayyorlagan materiallarini taqdimotga kiritishadi.
5. Guruhning barcha a’zolari sheriklari ishini ko‘rib, ularga o‘z izohlarini berishlari
mumkin.
6. Har bir guruh o‘z taqdimotini namoyish etadi.