|
I V BOB.
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI Pdf ko'rish
|
bet | 164/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresI V BOB.
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARI
222
savdo sanoatida esa xaridorlarga u istagan mahsulotni topishda yordam berish uchun
qo‘llanilishi mumkin. Demak, IoT texnologiyalarining turli sohalarda qo‘llanilishi bilan
tanishamiz.
Aqlli uylar.
Xonadon sharoitiga tatbiq etiluvchi IoT qurilmalari energiyani tejash, qulayliklar
yaratish uchun ishlatilishi mumkin. IoT yordamida “aqlli uylar” tarmog‘ini tashkil etish, uning
yordamida konditsioner haroratidan tortib eshikka kirishda eshitiladigan musiqagacha
smartfonda boshqarish mumkin. Kompyuter yoki smartfon orqali aqlli uyning turli qismlariga
kirish va uni boshqarishni masofadan turib bajarish mumkin.
Aqlli avtomobil.
Harakatdagi transport vositasi ichidagi datchiklar o‘zi va atrofi to‘g‘risida
real vaqtda ma’lumot olish imkonini beradi.
Avtonom transport vositalari atrof-muhitni
baholash hamda o‘zini boshqarish uchun
turli sensor va ilg‘or boshqaruv tizimlaridan
foydalanadi.
Aqlli korxonalar.
IoT texnologiyalarining
keng miqyosda qo‘llanilishi korxonalarning
iqtisodiy jihatdan o‘sishiga yordam
berishi mumkin. Masalan, ofis binolariga
datchiklar o‘rnatilishi lift harakatini yoki
umumiy energiya sarfini kuzatishi mumkin.
IoTni korxonalarda qo‘llash bilan ishlab
chiqaruvchilar takrorlanadigan vazifalarni
avtomatlashtirishi hamda butun ishlab
chiqarish jarayonining istalgan qismidan
ma’lumot olishi mumkin. Datchiklar taqdim
etgan ma’lumotlar korxona butun ishlab
chiqarishi yanada samarali ishlashini
ta’minlaydi, shuningdek, avariyalar oldini
olish yo‘llarini ishlab chiqishda yordam
beradi.
Aqlli binolar.
Aqlli binolar xonada qancha
odam borligini aniqlovchi datchiklar
yordamida energiya sarfini kamaytirishi
mumkin. Masalan, haroratni avtomatik
|
| |